add

Quyoshdan otilgan plazma sabab Yerda magnit bo‘ronlari kuzatiladi

Bugun 09:18881

10-noyabrdan boshlab Yerga ikki xil quyosh plazma oqimi yetib keladi. Bu G2 va ehtimol G3 darajali magnit bo‘ronlarini keltirib chiqarishi mumkin.

Quyoshdan otilgan plazma sabab Yerda magnit bo‘ronlari kuzatiladi

Rossiya Fanlar akademiyasi Quyosh astronomiyasi laboratoriyasining ma’lum qilishicha, kelayotgan haftada Yer atrofida bir nechta geomagnit buzilishlari kuzatiladi. Bu holat Quyoshdan chiqarilgan ikki xil plazma oqimi bilan bog‘liq. Birinchi oqim 7-noyabrda sodir bo‘lgan M1.7 klassdagi yorug‘lik chaqnashi ortidan yuz bergan va 10-noyabr kuni Yerga yetib keladi. U G2 darajali o‘rtacha magnit bo‘ronini keltirib chiqarishi mumkin.

Ikkinchi otilish esa ancha kuchli bo‘lib, quyoshdagi X-klass yorug‘lik chaqnashi natijasida yuz bergan. Bu oqim 12-noyabr, seshanba kuni kechqurun Yerga yetib kelishi kutilmoqda. Geofizik hisob-kitoblarga ko‘ra, uning eng zich qismi Yer orbitalari tekisligidan yuqorida o‘tishi mumkin va bu holat ta’sir darajasini pasaytiradi. Shuning uchun asosiy buron ham G2 yoki eng ko‘pi bilan G3 darajasida bo‘ladi, deb baholanmoqda.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu jarayonlar inson sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, ayniqsa, yurak-qontomir xastaliklari bo‘lgan fuqarolar ehtiyot bo‘lishlari lozim. Shuningdek, GPS navigatsiya va aloqa tarmoqlarida vaqtincha uzilishlar ro‘y berishi ehtimoli ham bor.

Ayni paytda Yer va Quyosh orasidagi geomagnit faollik yuqori darajada emas. Ammo yaqin haftada faollik yana ortadi. Model natijalariga ko‘ra, ushbu ikki chiqarilish juda xavfli emas, ammo sinchiklab kuzatishni talab qiladi.

Teglar

Mavzuga oid

Quyoshdan otilgan plazma sabab Yerda magnit bo‘ronlari kuzatiladi | Vaqt.uz