add

Radioaktiv chiqindilar bilan muomalada bo‘lish tartibi belgilandi

29.10.2025 | 11:552261

Bu bo‘yicha tegishli xavfsizlik talablari Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Radioaktiv chiqindilar bilan muomalada bo‘lish tartibi belgilandi

“Radioaktiv chiqindilar bilan muomalada bo‘lishning” xavfsizlik talablari Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» Telegram kanalida ma’lum qilindi.

Ushbu hujjatda atom elektr stansiyalari, kichik modulli yadro reaktorlar, tadqiqot yadro reaktorlar hamda boshqa yadroviy qurilmalardan foydalanish va ularni foydalanishdan chiqarishda hosil bo‘ladigan radioaktiv chiqindilar bilan muomalada bo‘lishda xavfsizlikni ta’minlashga oid talablar belgilangan.

Radioaktiv chiqindilar bilan muomalada bo‘lishda quyidagi xavfsizlik talablariga rioya qilinishi lozim:

- xodimlarning nurlanish dozalari ustidan doimiy individual nazoratni amalga oshirish;

- radioaktiv chiqindilarni ularning faollik darajasiga ko‘ra tasniflash;

- radioaktiv chiqindilardan radiatsiya tarqalishining oldini olish maqsadida muhofaza va muhandislik to‘siqlarini qo‘llash;

- xodimlarni shaxsiy himoya vositalari hamda dozimetrik nazorat vositalari bilan ta’minlash.

Shuningdek, radioaktiv chiqindilar bilan muomalada bo‘lishda radiatsiyaviy nazorat shakli ob’ekt loyihasida belgilanishi va ob’ektning ekspluatatsiya hujjatlarida ko‘rsatilishi lozim.

Bundan tashqari, ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar radioaktiv chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish bo‘yicha yo‘riqnomalar va qo‘llanmalarni ishlab chiqishi lozim.

Teglar

Mavzuga oid

Radioaktiv chiqindilar bilan muomalada bo‘lish tartibi belgilandi | Vaqt.uz