add

Ramzan Qodirov Ukraina urushi boshlanganidan beri 36-marta mukofotlandi

14.10.2025 | 17:0032344

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Rossiya fermerlar harakatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun yangi medal bilan taqdirlandi. Bu uning urush boshlanganidan beri olgan 36-mukofoti.

Ramzan Qodirov Ukraina urushi boshlanganidan beri 36-marta mukofotlandi
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Rossiya fermerlar harakatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun I darajali medal bilan taqdirlandi. Bu haqda u shaxsan o‘zining Telegram-kanalida xabar berdi. Mukofotni unga Davlat dumasi qishloq xo‘jaligi qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, Rossiya fermerlar uyushmasi prezidenti Vladimir Plotnikov Grozniyda bo‘lib o‘tgan marosimda topshirgan. Qodirov ta’kidlashicha, u mazkur mukofotni qabul qilishdan «mamnun» bo‘lgan. Plotnikov esa Checheniston qishloq xo‘jaligi sohasida so‘nggi yillarda katta o‘sish qayd etilganini, «innovatsion texnologiyalar va zamonaviy texnikalar» keng joriy etilayotganini aytgan. Ma’lumot uchun, Kadirov 2021 yilda «Qadrli fermer» unvoniga ham sazovor bo‘lgan. Bu Ukrainadagi urush boshlanganidan buyon Qodirovning 36-mukofoti hisoblanadi. Avgust oyi boshigacha u 31 ta mukofot olgani haqida «Vyorstka» nashri yozgan edi. Keyinchalik u raqamli savodxonlikni rivojlantirishdagi xizmati uchun, Vedensk tumani oldidagi xizmatlari uchun medallar, Kavkaz musulmonlari hamjamiyatidan «Sunnat himoyachisi» ordeni hamda Checheniston Qahramoni unvonini ikkinchi marta oldi. Ikkinchi «Oltin yulduz»ni unga 5 oktyabr — tug‘ilgan kunida topshirilgan edi. Kadirovning urush davomidagi mukofotlari jamida 13 ta jamoat tashkiloti, 10 ta davlat idorasi, 2 ta federal darajadagi davlat ordeni, 3 ta mintaqaviy va 3 ta okkupatsion ma’muriyat mukofotini o‘z ichiga oladi. Ular orasida Kurchatov instituti ordeni (2022 yil may), «Kentavr» belgisi (2024 yil iyun), «Aleksandr Nevskiy» ordeni va «Vatan oldidagi xizmatlari uchun» II darajali orden ham bor. Shuningdek, u Ukrainadagi okkupatsiya ma’muriyatlaridan «LXR do‘stlik ordeni», «LXR qahramoni» medali va «Mariupolni ozod etish uchun» medali bilan taqdirlangan. Avvalroq u 17 yoshli o‘g‘li Adam Qodirov so‘nggi ikki yilda olgan 30 mukofotning barchasini adolatli va munosib deb atagan edi.

Teglar

Mavzuga oid