add

Ramzan Qodirovning onasi Buyuk Britaniyaning «qora ro‘yxati»ga kiritildi

03.09.2025 | 19:2042903

Buyuk Britaniya Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning onasi Aymani Qodirova va uning boshqaruvidagi Ahmad Hoji Qodirov nomidagi fondni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi.

Ramzan Qodirovning onasi Buyuk Britaniyaning «qora ro‘yxati»ga kiritildi
Bu qaror Britaniya hukumati tomonidan rasman e’lon qilindi. Cheklov qo‘yilgan shaxslarning aktivlari Buyuk Britaniya hududida muzlatilishi va ularning mamlakatga kirishi taqiqlanadi. Britaniya hukumati Aymani Qodirovaning fondi va Rossiya hukumati bilan aloqalarini asosiy sabab sifatida ko‘rsatgan. 2022 yilda, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin uni ijtimoiy faolligi uchun Faxriy orden bilan mukofotlagan. Shundan so‘ng, fond Qodirova boshchiligida jangovar hududlarga muntazam gumanitar yordam yuborish bilan tanilgan. Buyuk Britaniyaning sanksiyalar ro‘yxatini yanada kengaytirgan holda, 11 nafar jismoniy va yuridik shaxslar ham sanksiya ostiga kiritildi. Ularning orasida, Tatariston bosh vazirining o‘rinbosari Laylo Fazliyeva va Rossiya qahramoni, Ahmad Hoji Qodirov nomidagi maxsus politsiya polki qo‘mondoni Zamid Chalayev ham bor. Aymani Qodirova 2024 yilning iyun oyidan beri Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ostida bo‘lgani, shuningdek, Qodirov yana bir bor sanksiyalar ro‘yxatga kiritilishini uning harbiy operatsiyani qo‘llab-quvvatlashi bilan bog‘lab, buni «sovg‘a» deb atagan. Moskva esa bu sanksiyalarni noqonuniy deb hisoblamoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Ramzan Qodirovning onasi Buyuk Britaniyaning «qora ro‘yxati»ga kiritildi | Vaqt.uz