add

Ramzon Qodirov o‘g‘li Adam soppa-sog‘ligi haqida eski videolavhani e’lon qildi

Bugun 10:092 daqiqa

Checheniston rahbari tarqalgan mish-mishlardan so‘ng o‘g‘li Adam Qodirov ishtirok etgan rasmiy yig‘ilish lavhasini jamoatchilikka taqdim etdi.

Ramzon Qodirov o‘g‘li Adam soppa-sog‘ligi haqida eski videolavhani e’lon qildi

Ramzon Qodirov o‘zining Telegram-kanalida o‘g‘li, respublika xavfsizlik kengashi kotibi Adam Qodirov ishtirokida kuch tuzilmalari komandirlari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishdan videolavhani joyladi. Video Adam Qodirovning sog‘lig‘i bilan bog‘liq holat haqida tarqalgan xabarlardan so‘ng e’lon qilindi.

Eslatib, o‘tamiz, Ramzan Qodirovning voris deb hisoblanadigan kenja o‘g‘li Adam Qodirov 16-yanvar kuni avtohalokatga uchrab og‘ir jarohatlar olgani va davolanish uchun samolyotga Moskvaga olib ketilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ijtimoiy tarmoqdagi faollar Adam Qodirov ishtirokida o‘tgan Xavfsizlik kengashi yig‘ilishi avariyadan bir kun avval — 15-yanvar kuni bo‘lib o‘tganiga e’tibor qaratishdi.

Kechiktirib e’lon qilingan lavhada ma’lum qilishicha, yig‘ilishda respublikada bo‘lib o‘tadigan saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish, ovoz berish jarayonida xavfsizlikni ta’minlash, shuningdek, ekstremizm va radikal g‘oyalarga qarshi kurash masalalari muhokama qilingan. Ushbu mavzular Chechenistonda ichki barqarorlikni saqlash nuqtai nazaridan ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan.

Ramzon Qodirovning ta’kidlashicha, yig‘ilish davomida Adam Qodirov huquq-tartibot organlari hamda tegishli idoralar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish zarurligiga alohida e’tibor qaratgan. Saylovlar davrida jamoat xavfsizligini ta’minlash asosiy vazifalardan biri sifatida qayd etilgan.

Shuningdek, Checheniston rahbari o‘g‘liga yaqin vaqtda maxsus davlat mukofoti topshirilganini ham ma’lum qildi. Uning aytishicha, Adam Qodirov Zaporijjya AESni qo‘riqlash va xavfsizligini ta’minlashga qo‘shgan hissasi uchun «Atom stansiyalari xavfsizligini oshirishdagi xizmatlari uchun» medali bilan taqdirlangan.

Teglar

Mavzuga oid