
Raqamli markirovkalash tizimi yanada samarali bo‘ladi
26.05.2025 | 13:0035402
O‘zbekistonda majburiy raqamli markirovkalash tizimini takomillashtirish bo‘yicha yangi choralar belgilandi. Prezident qarori bilan tasdiqlangan hujjat mahsulot aylanmasida shaffoflikni ta’minlash va kontrafaktga qarshi kurashishni maqsad qilgan.

Joriy qarorga asosan, raqamli markirovka orqali mahsulotlar harakati to‘liq kuzatiladi. Bu esa yashirin ishlab chiqarish va qalbaki mahsulotlarga chek qo‘yish imkonini beradi. Shu bilan birga, tadbirkorlar oldingi 90 kunlik muddatsiz markirovkani bevosita mahsulotga qo‘llab, keyin to‘lovni amalga oshiradilar.
Markirovkalangan mahsulotlarni agregatsiyalashda zarur kodlar maxsus operator tomonidan bepul taqdim etiladi. Shuningdek, tadbirkorlar murojaatlarini zudlik bilan hal etish uchun tun-u kun ishlaydigan “Call-markaz” tashkil etiladi.
2025 yil 1 iyuldan boshlab, import dori vositalari ulgurji va chakana savdo uchun faqat elektron hisobvaraq-faktura orqali sotiladi. Shu kundan boshlab raqamli markirovka qilingan mahsulotlarni ulgurji savdosi ham faqat bank hisobvaraqlari orqali amalga oshiriladi.
Ushbu islohotlar orqali raqamli nazorat tizimining samaradorligi oshirilib, bozorda adolatli raqobat uchun yangi imkoniyatlar yaratilishi ko‘zda tutilgan.





