Logo

Raqobat qo‘mitasi «Anor Bank»ni jarimaga tortdi

Bugun 10:141 daqiqa

Ma’lum bo‘lishicha, «Anor Bank» ijtimoiy tarmoqlarda qonunga xilof ravishda reklama joylashtirgan.

Raqobat qo‘mitasi «Anor Bank»ni jarimaga tortdi © yandex maps

Raqobat qo‘mitasi «Anor Bank» AJga nisbatan reklama qonunchiligi buzilishi holati bo‘yicha moliyaviy jarima qo‘llanilganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, tekshiruv Toshkent viloyatida istiqomat qiluvchi fuqaroning murojaati asosida o‘tkazilgan. Unda bank tomonidan Instagram ijtimoiy tarmog‘ida joylashtirilgan aksiya reklamasida shartlar to‘liq ochib berilmagani yuzasidan e’tiroz bildirilgan.

O‘rganish davomida reklamada moliyaviy xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq muhim ma’lumotlar — aksiyaning amal qilish shartlari, belgilangan limitlar va ulardan oshib ketilganda undiriladigan komissiya haqidagi axborotlar mavjud emasligi aniqlangan.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan qo‘mita Maxsus komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining «Reklama to‘g‘risida»gi Qonunining 16, 21 va 43-moddalari talablari buzilishi alomatlari yuzasidan «Anor Bank» AJga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, ishni ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha moliyaviy jarima qo‘llanilgan.

Shuningdek, qo‘mita bankka qonunbuzilish holatini bartaraf etish hamda kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma bergan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq qo‘mita umra tadbirini tashkil etishga oid reklama qonunchiligini buzgan 6 ta turoperatorni jazolagan edi.

Teglar

Mavzuga oid