add

Raqobat qo‘mitasi «pulli parkovka» bo‘yicha o‘rganish boshladi

Bugun 10:571592 Daqiqa

Qo‘mita poytaxtdagi avtoturargoh operatorlarining bitim shartlari va narxlarga bir tomonlama ta’sir ko‘rsatish ehtimoli bo‘yicha maxsus o‘rganish boshlaganini ma’lum qildi.

Raqobat qo‘mitasi «pulli parkovka» bo‘yicha o‘rganish boshladi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi 11 ta tovar bozorida faoliyat yurituvchi 66 ta korxonani ustun muzokara kuchiga ega deb e’tirof etdi. Ushbu korxonalar ustun mavqega ega bo‘lmasa-da, bitim shartlari, tovar sotiladigan hudud yoki narxga bir tomonlama ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega ekani qayd etilgan.

Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, bunday sub’ektlar bozordagi raqobat muhitiga ta’sir o‘tkaza olishi mumkin bo‘lgan holatlar qat’iy nazoratga olinadi. Ana shu tartib asosida ular ustun muzokara kuchi deb belgilanib, faoliyati doimiy tahlil qilinib boradi.

Shu munosabat bilan Toshkent shahridagi pulli avtoturargoh operatorlari ham alohida o‘rganilayotgan sub’ektlar qatoriga kiritilgan. Qo‘mita ularning tarif belgilashdagi yondashuvlari, bitimlar va xizmat ko‘rsatish hududlariga ta’sir ko‘rsatish amaliyotlari bo‘yicha tahlil olib borayotganini ma’lum qildi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, qonun talablari buzilgan holatlar aniqlansa, belgilangan tartibda chora ko‘riladi.

Qonunchilikka muvofiq, «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonunning 14-moddasida bitim shartlariga yoki narxga bir tomonlama ta’sir ko‘rsata oladigan sub’ektlarni ustun muzokara kuchi deb e’tirof etish belgilab qo‘yilgan. Qo‘mita bu normani amalda qo‘llash orqali bozorda teng raqobat va shaffoflikni ta’minlashni maqsad qilmoqda.

Ushbu 66 ta korxona ro‘yxati qo‘mita tomonidan e’lon qilingan bo‘lib, jamoatchilik uni ochiq tarzda ko‘rib chiqishi mumkin. (Ro‘yxat bilan tanishish)

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xalq demokratik partiyasi va Aksilkorrupsiya agentligi jamoatchilik kengashi poytaxtda «pulli parkovka» narxlarini qayta ko‘rib chiqishga chaqirgan edi.

Teglar

Mavzuga oid

Raqobat qo‘mitasi «pulli parkovka» bo‘yicha o‘rganish boshladi | Vaqt.uz