add

Ravshan Ermatov FIFA qo‘mitasi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi

13.10.2025 | 11:3040463

O‘zbekiston futboli tarixida ilk bor o‘zbekistonlik mutaxassis FIFA qo‘mitasi tarkibiga kiritildi.

Ravshan Ermatov FIFA qo‘mitasi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, O‘FA birinchi rais o‘rinbosari Ravshan Ermatov 2025–2029 yillarga mo‘ljallangan FIFAning Texnologiyalar, innovatsiyalar va raqamli rivojlanish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi. Mazkur qo‘mita futbolni zamonaviy texnologiyalar yordamida takomillashtirishga mas’ul bo‘lib, VAR tizimi, golni aniqlash texnologiyasi, yarim avtomatik ofsayd tizimi, raqamli monitoring va sun’iy intellekt kabi innovatsion yechimlarni ishlab chiqish hamda sinovdan o‘tkazish bilan shug‘ullanadi. Shu bilan birga, O‘FA bosh kotibi Avaz Maqsumov FIFAning sohilbo‘yi futbol qo‘mitasi a’zosi etib, O‘FA ayollar futboli rivojlanishi boshqarmasi rahbari Yuliya Panina esa ayollar terma jamoalari o‘rtasidagi musobaqalar qo‘mitasiga tayinlandi. Eslatib o‘tamiz, Ravshan Ermatov bundan avval 2023–2027 yillarda Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) hakamlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritayogan edi. Uning FIFAdagi yangi vazifasi o‘zbekistonlik mutaxassislar nufuzining xalqaro maydonda ortib borayotganini ko‘rsatadi.

Teglar

Mavzuga oid