add

Reklama bozorida 17 mingdan ortiq qoidabuzarlik aniqlandi — Raqobat qo‘mitasi

16.05.2025 | 14:2023793

2024 va 2025 yilning birinchi choragi davomida reklama sohasida jami 45 mingga yaqin monitoring o‘tkazilib, 17 mingdan ziyod qoidabuzarlik holati qayd etildi. Raqobat qo‘mitasi brifingda bu haqda aniq ma’lumotlarni taqdim etdi.

Reklama bozorida 17 mingdan ortiq qoidabuzarlik aniqlandi — Raqobat qo‘mitasi
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida 16 may kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi maslahatchisi Otabek Usmonov 2024 yil va joriy yilning birinchi choragida reklama sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berdi. Qayd etilishicha, televideniye, radio, tashqi reklama, bosma nashrlar va internetda jami 45 mingga yaqin o‘rganish o‘tkazilgan. Ularning natijasida 17 641 ta holatda qonunbuzarlik aniqlanib, kamchiliklar bartaraf etilgan. Ayniqsa, dori vositalari va biologik faol qo‘shimchalarga oid 150 ta reklamada qonunga zid ma’lumotlar tarqatilgan. Tamaki, alkogol va elektron sigaretlarga oid 337 ta ob’ektda reklama qoidalari buzilgan. Shunga o‘xshash holatlar tashqi reklama va tarixiy obidalarda ham kuzatilgan. Turoperatorlar tomonidan «Umra» safarlariga oid litsenziyasiz xizmatlar reklama qilingani uchun 27 kompaniyaga moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilgan. 16 mansabdor shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Qo‘mita tomonidan 305 ta reklama eskizi ekspertiza qilingan bo‘lib, 81 tasida qonun buzilishi aniqlangan. Noqonuniy reklama tarqatgan 90 ta veb-saytni bloklash bo‘yicha tegishli so‘rov yuborilgan.    

Teglar

Mavzuga oid