add

Rekord sakrash: O‘zbekiston dunyoning TOP-10 raqamli davlatlari qatoriga kirdi

Bugun 19:385612 daqiqa

O‘zbekiston raqamli boshqaruv sohasida dunyoning eng ilg‘or mamlakatlarini ortda qoldirib, Jahon bankining GovTech Maturity Index (GTMI) 2025 reytingida 9-o‘rinni egalladi.

Rekord sakrash: O‘zbekiston dunyoning TOP-10 raqamli davlatlari qatoriga kirdi

O‘zbekiston GovTech indeksida 71 pog‘ona yuqorilab, dunyoning TOP–10 davlati qatoridan joy oldi. Bu haqda Uzcosmos agentligi xabar berdi.

Jahon banki tomonidan e’lon qilib boriladigan Davlatlarning texnologik yetuklik indeksi (GovTech Maturity Index, GTMI) 2025 natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston 9-o‘rinni egallagan.

2020 yilga nisbatan mamlakat 71 pog‘onaga yuqorilab, indeks qiymatini 0,617 dan 0,958 ga yetkazgan. Natijada O‘zbekiston A guruhi — «GovTech'ning yuqori darajadagi yetukligi» (Extensive GovTech Maturity) toifasida o‘z o‘rnini mustahkamladi.

Indeks davlat boshqaruvida raqamli transformatsiya darajasini to‘rtta yo‘nalish bo‘yicha baholaydi: asosiy davlat tizimlari, onlayn davlat xizmatlarini ko‘rsatish, fuqarolarning raqamli ishtiroki hamda GovTech rivojlanishini qo‘llab-quvvatlovchi omillar.

2025 yilgi natijalarga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy Osiyoda 1-o‘rinni egalladi. Shuningdek, reytingda yuqori o‘rinni egallagan TOP-10 mamlakatlar – Janubiy Koreya, Avstraliya, Hindiston, Kanada kabi davlatlar qatoridan joy oldi.

Shuningdek, GTMI natijalari O‘zbekistonning so‘nggi yillarda izchil o‘sish dinamikasini yaqqol namoyon etadi. Xususan, 2020 yilda mamlakatimiz 80-o‘rinda (0,617 ball) qayd etilgan bo‘lsa, 2022 yilda 43-o‘ringa (0,813 ball) ko‘tarilgan, 2025 yilda esa 9-o‘rinni (0,958 ball) egallagan.

«Mazkur ko‘rsatkichlar mamlakatimizda davlat boshqaruvini raqamlashtirish, elektron davlat xizmatlarini keng joriy etish hamda fuqarolar uchun qulay va samarali raqamli davlat tizimini shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar samarasini yana bir bor tasdiqlaydi», - deyiladi xabarda.

Teglar

Mavzuga oid