add

Rossiya 2026 yildan «o‘z o‘zini band qilganlar» rejimiga chek qo‘yishi mumkin

09.10.2025 | 09:4423454

Rossiya Senati hukumatga 2026 yildan boshlab o‘zini o‘zi band qilganlar uchun joriy qilingan soliq rejimini bas qilishni tavsiya etdi. Bu qaror 14 milliondan ortiq fuqaroga ta’sir qilishi mumkin.

Rossiya 2026 yildan «o‘z o‘zini band qilganlar» rejimiga chek qo‘yishi mumkin
Rossiya Federatsiyasi Kengashi hukumatga 2026 yildan boshlab «o‘z o‘zini band qilganlar» uchun professional daromad solig‘i (PDS) rejimini yakunlashni tavsiya etdi. Senatorlar qabul qilgan «Iqtisodiy holat va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning asosiy vazifalari to‘g‘risida»gi qarorda hukumatga rejim samaradorligini baholash va uni bekor qilish bo‘yicha qonun loyihasini tayyorlash topshirildi. Qaror bo‘yicha avvalgi muhokama 2026 yil bahor sessiyasida bo‘lib o‘tadi. Hozirda PDS rejimi 2028 yilgacha amal qilishi kutilmoqda edi. Iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov sentyabrda hukumat «tajribani muddatidan oldin to‘xtatish niyatida emas», deb bayonot bergandi. Ammo bu fikrga qarshi ravishda senatorlar rejimni ikki yilga oldin tugatishni taklif qilmoqda. Federal soliq xizmati (FSX) fuqarolar orasida so‘rov o‘tkazmoqda: ulardan qaysi soliq stavkasi (0–20%) adolatli, deb hisoblashlarini so‘rab, yuqori stavka joriy etilganda qanday yo‘l tutishlarini aniqlamoqda. Agar PDS bekor qilinsa, bu 2019 yildan beri ushbu rejimdan foydalanib kelayotgan 14,3 mln rossiyalikka ta’sir qiladi. Hozir fuqarolar yillik 2,4 mln rublgacha daromad uchun 4 foiz (jismoniy shaxslardan) yoki 6 foiz (yuridik shaxslardan) soliq to‘laydi. PDSni tugatish rejalashtirilayotgan yangi soliq islohotining bir qismi bo‘ladi. Hukumat avvalroq QQSni 22 foizgacha oshirgan, IT-kompaniyalar uchun imtiyozlarni qisqartirgan va foyda solig‘ini 25 foizgacha ko‘targan edi. Shuningdek, «soddalashtirilgan» tizimidagi biznes uchun yillik daromad limiti 60 mln rubldan 10 mln rublga tushirildi. Moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda federal byudjet taqchilligi 5,7 trln rublni, 2026 yilda esa 3,8 trln rublni tashkil etadi. Shu sababli hukumat yangi soliq choralari orqali 2,3 trln rubl yig‘ishni rejalashtirmoqda. Carnegie Russia Eurasia Center tahlilchisi Aleksandra Prokopenkoning fikricha, bu qadamlarni «urush xarajatlari uchun rossiyaliklar cho‘ntagiga chang solish», deb baholadi. Investitsiya strategiyachisi Sergey Suverov esa hukumat byudjetni barqarorlashtirish uchun soliqlarni oshirishi va xarajatlarni qisqartirishi tabiiy qadam, degan.

Teglar

Mavzuga oid