add

Rossiya aeroportlarida 400 ga yaqin reys bekor qilindi yoki kechiktirildi

07.07.2025 | 18:2028633

6 iyul kuni Rossiyaning Moskva, Sankt-Peterburg va Nijniy Novgorod shaharlarida xavfsizlik sababli 393 ta reys bekor qilindi yoki kechiktirildi. Bu mamlakat hududida dron hujumlari ortidan joriy etilgan vaqtinchalik cheklovlar natijasi bo‘ldi.

Rossiya aeroportlarida 400 ga yaqin reys bekor qilindi yoki kechiktirildi
Moskvaning Sheremetevo aeroportida 171 ta reys bekor qilingan, 56 ta reys esa ikki soatdan ko‘proq vaqtga kechiktirilgan. Sankt-Peterburgning Pulkovo aeroportida 90 ta reys bekor qilinib, 37 ta reys kechiktirilgan. Nijniy Novgoroddagi Chkalov aeroportida 26 ta reys bekor qilinib, 13 ta reys kechiktirilgan. Rosaviatsiyaga ko‘ra, eng uzoq cheklovlar aynan shu aeroportda kuzatilgan. Ivanovo, Kaluga, Pskov, Tambov va Yaroslavl shaharlaridagi aeroportlar ham vaqtincha parvozlarga xizmat ko‘rsatmagan. Rossiya Transport vazirligi va Rosaviatsiya bu choralar parvoz xavfsizligini ta’minlash maqsadida ko‘rilganini ma’lum qildi. 5 iyul kuni ham Rossiyadagi uchta yirik aeroportda 250 dan ortiq reys bekor qilingan va 270 dan ziyod reys kechiktirilgan. Ekspertlarning baholashicha, ikki kunlik parvoz muammolari Rossiya aviakompaniyalariga taxminan 20 mlrd rubl zarar keltirishi mumkin. Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 6 iyul kuni mamlakatning sakkizta hududi ustida 48 ta dron Rossiya havo mudofaa tizimlari tomonidan yo‘q qilingan. Eng ko‘p dron Kaluga va Bryansk viloyatlarida urib tushirilgan.

Teglar

Mavzuga oid