
Rossiya Britaniyaga qarshi sanksiyalar joriy qildi
20.08.2025 | 20:4024072
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Buyuk Britaniya parlamentining 21 nafar a’zosiga mamlakatga kirishni taqiqladi. Bu qaror Londonning Rossiyaga nisbatan «dushmanona siyosati»ga javob sifatida qabul qilindi.

Vazirlik izohiga ko‘ra, Britaniya hukumatining siyosatlari Moskvaga qarshi «demonizatsiya urinishlari va antirossiya narrativlari» bilan birga, Rossiyaning xalqaro nufuzini pasaytirishga qaratilgan. Shu munosabat bilan Britaniya deputatlarining bayonotlari ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro hurmatli muloqot poydevorini zaiflashtirmoqda.
Moskva ta’kidlaganidekshicha, Britaniya parlamentariylarining Rossiya aktivlarini musodara qilish haqidagi takliflari ham Londonning dushmanona yo‘nalishini kuchaytiradi. Shu sababli, Rossiya o‘zining «stop-ro‘yxati»ga nafaqat deputatlarni, balki Britaniyadagi ayrim OAV vakillari, nodavlat tashkilotlar, konsalting kompaniyalari va ekspertlarni ham kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, 2025 yil fevral oyida Britaniya hukumati Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketi doirasida mamlakatga barcha federal vazirlar, yuqori martabali amaldorlar hamda yirik kompaniyalar rahbarlari uchun kirishni taqiqlagan edi.





