add

Rossiya byudjetidagi taqchillik 183 foizga oshdi

08.05.2025 | 10:2912753

Rossiyada byudjet taqchilligi jahonda neft narxining tushishi sababli 3,2 trln rublga yetib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb uch barobarga ko‘paydi. Ayni paytda har beshinchi rubl soliq bilan ta’minlanmagan.

Rossiya byudjetidagi taqchillik 183 foizga oshdi
Rossiya Moliya vazirligining 7 maydagi hisobotida qayd etilishicha, 2025 yilning dastlabki to‘rt oyida davlat byudjeti 3,23 trln rubl taqchillik bilan yuzaga kelgan — bu o‘tgan yilning shu davridagi 1,14 trln rubllik ko‘rsatkichga nisbatan 183 foizga ko‘p. Aprelda neft va gazdan kelgan daromad 12 foizga kamayib, 1,08 trln rublni tashkil etdi. Yil boshidan buyon bu ko‘rsatkich 10 foizga pasaygan. Shu bilan birga, davlat xarajatlari 20 foizga oshib, 15,5 trln rublga yetdi. Bu xarajatlarning uchdan bir qismi harbiy maqsadlarga sarflanmoqda. Urals markali neft narxi aprelda bir barreli uchun 54 dollargacha tushdi. Bu — hukumat rejalashtirgan 69,7 dollarlik ko‘rsatkichdan ancha kam. Ayni paytdagi narxlarda narxda har barrel 4,4 ming rublga tushmoqda — bu pandemiyadan beri eng past ko‘rsatkich. Rossiya Moliya vazirligi byudjetni qoplash uchun Milliy farovonlik jamg‘armasidan 800 mlrd rubldan foydalanish, valyuta sotish va soliq tushumlarini oshirishni rejalashtirmoqda. Ammo iqtisodchilar bu rejalar amalga oshishiga shubha bildirishmoqda. Shuningdek, devalvatsiya xavfi ortib bormoqda. Bloomberg ma’lumotiga ko‘ra, hukumat 2026 yilgi byudjetni qisqartirishni ko‘rib chiqmoqda, ammo harbiy xarajatlar qisqarishi ehtimoldan yiroq.

Teglar

Mavzuga oid