add

Rossiya byudjetining uchdan biri maxfiy xarajatlarga ketyapti

15.05.2025 | 08:4035393

2025 yilda Rossiya federal byudjetidagi maxfiy xarajatlar rekord darajada oshdi. The Moscow Times nashrining yozishicha, yilning birinchi choragida umumiy 11,2 trln rubl xarajatning 3,6 trln rubli, ya’ni 32 foizi maxfiy maqsadlarga yo‘naltirilgan.

Rossiya byudjetining uchdan biri maxfiy xarajatlarga ketyapti
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 44 foizga ko‘p bo‘lib, Rossiya tarixidagi eng yuqori darajani tashkil etdi. Maxfiy xarajatlarning asosiy qismi milliy mudofaa sohasiga to‘g‘ri keladi. Yanvar-mart oylarida ochiq mudofaa xarajatlari 810 mlrd rubl bo‘lgan bo‘lsa, umumiy mudofaa xarajatlari 4,4 trln rublga yetdi, bu esa umumiy byudjetning 40 foizini tashkil etadi. Har haftada o‘rtacha 338 mlrd rubl mudofaa ehtiyojlariga sarflanmoqda, bu esa Novosibirsk yoki Rostov oblastlarining yillik byudjetlariga teng. 2025 yil uchun milliy mudofaa bo‘yicha xarajatlar 13,2 trln rublga yetkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu har uchinchi rubl mudofaa sohasiga sarflanishini anglatadi. Maxfiy xarajatlar esa 12,9 trln rublga yetkazilishi kutilmoqda, bu esa 2024 yilga nisbatan 16 foizga ko‘pdir. Bu holat Rossiya byudjetidagi harbiylashuvning kuchayishini va ijtimoiy sohalarga ajratiladigan mablag‘larning qisqarishini ko‘rsatadi. Maxfiy xarajatlar sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalariga ajratiladigan mablag‘lardan bir necha barobar ko‘p bo‘lib, davlatning ijtimoiy majburiyatlarini bajarishdagi imkoniyatlarini cheklamoqda.

Teglar

Mavzuga oid