add

Rossiya eksportchilari uchun valyuta tushumini sotish talabi yana bir yilga uzaytirildi

23.05.2025 | 08:4540073

Rossiya hukumati yirik eksportchilar uchun valyuta tushumini mahalliy bozorda majburiy sotish talabini 2026 yilgacha uzaytirdi. Maqsad — ichki valyuta bozorida barqarorlikni ta’minlash.

Rossiya eksportchilari uchun valyuta tushumini sotish talabi yana bir yilga uzaytirildi
Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin 22 may kuni yirik eksportchilarni chet el valyutasi tushuminining bir qismini sotishga majburlovchi qonun talabini yana bir yilga uzaytirish haqidagi qarorni imzoladi. Bu talabga ko‘ra, eksportchilar chet el shartnomalari bo‘yicha tushgan valyutaning kamida 40 foizini vakolatli banklardagi hisob raqamlariga qaytarishi va shundan 90 foizini ichki bozorda sotishi lozim. Hukumat bu qarorni ichki valyuta bozoriga barqaror va kutilgan valyuta oqimini ta’minlash vositasi sifatida baholamoqda. Ushbu talab 2025 yil 25 maydan kuchga kiradi. Avvalgi qaror 2024 yil 30 aprelgacha amal qilgan edi. 2023 yil oktyabrda Rossiya hukumati rublni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ayrim eksportchilar uchun valyutaning 80 foizini repatriatsiya qilish va sotish talabini joriy etgan edi. Keyin bu talab bosqichma-bosqich yumshatilib, avval 60 foizga, so‘ngra 40 foizga tushirildi. Rossiya Markaziy banki va Moliya vazirligi ushbu choraga qarshi turlicha munosabatda bo‘lmoqda. Markaziy bank rahbari Elvira Nabiullina valyuta bozorida muammo ko‘rmayotganini va bu talablar kursga ta’sir qilmasligini ta’kidladi. Moliya vaziri Anton Siluanov esa eksportchilar amalda talab etilgandan ham ko‘proq valyuta sotishini qayd etdi. Ayni vaqtda bu cheklovlar yopiq shaklda 43 guruh kompaniyaga nisbatan qo‘llaniladi. Ular asosan yoqilg‘i-energetika, metallurgiya, kimyo, o‘rmon va g‘allachilik sohalarida faoliyat yuritadi. Hukumat, shuningdek, ushbu qaror va qaysi kompaniyalarga tegishli ekanini oshkor qilmagan.

Teglar

Mavzuga oid

Rossiya eksportchilari uchun valyuta tushumini sotish talabi yana bir yilga uzaytirildi | Vaqt.uz