add

Rossiya iqtisodiyoti sanksiyalar ortidan «g‘ildiragi bo‘shagan mashina»dek depsinib qoldi

03.08.2025 | 15:3039493

2025 yil boshidan buyon Rossiyada yuk tashish hajmi keskin kamaydi. Iyul oyida ushbu ko‘rsatkich 5,4 foizga, yil boshidan esa 7,3 foizga pasaydi. Bunda asosiy zarba mamlakat sanoati uchun muhim bo‘lgan tarmoqlarga berildi.

Rossiya iqtisodiyoti sanksiyalar ortidan «g‘ildiragi bo‘shagan mashina»dek depsinib qoldi
Jumladan, don mahsulotlari tashish 35,6 foizga, metallolom — 34,6 foizga, qurilish materiallari — 17 foizga, neft va neft mahsulotlari tashuvi esa 4,7 foizga kamaydi. Bu esa Rossiya temir yo‘llari va eksport infratuzilmasi aniq inqirozda ekanini ko‘rsatmoqda. Bu haqda Ukraina prezidenti devoni rahbari Andriy Yermak ma’lumot berdi. Yermakning ta’kidlashicha, yuk tashish hajmining pasayishi shunchaki raqam emas, balki Rossiya iqtisodiyotidagi chuqur strukturali muammolarning natijasidir. Unga ko‘ra, mamlakat iqtisodiyoti xalqaro sanksiyalar, texnologik oqsash va ichki ehtiyojning pasayishi fonida barqarorligini yo‘qotgan. Mutasaddi qayd etishicha, Rossiya hozir harbiy iqtisodiyot modeliga o‘tib bo‘lgan, bunda fuqarolik sohalari emas, harbiy-sanoat majmuasiga ustuvorlik beriladi. Shu sabab, metallurgiya, agroeksport va logistika singari strategik tarmoqlar ham kundan-kun zaiflashmoqda. Yermak Rossiya temir yo‘l tizimi holatini mamlakat iqtisodiyotining to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘zgusi, deb ta’rifladi. Uning ta’kidlashicha, «temir yo‘l iqtisodiyotning arteriyasidir va u hozir yuragi ishlamay qolgan insonga o‘xshab turibdi». Ayni paytda AQSH Rossiya iqtisodiyotini xalqaro moliyaviy oqimlardan uzib qo‘yish uchun ikkinchi darajali sanksiyalarni joriy etishni muhokama qilmoqda. Garchi Rossiya hozircha neft va gaz eksport hisobidan kun ko‘rayotgan bo‘lsa-da, bu manbalar ham endi ishonchli tayanch sifatida ko‘rilmayapti.

Teglar

Mavzuga oid