add

Rossiya kutubxonalari Tramp haqidagi kitoblarini ommaviy sotib olmoqda

23.05.2025 | 14:0020212

Rossiyaning turli mintaqalaridagi davlat kutubxonalari AQSH prezidenti Donald Tramp va u haqida yozilgan kitoblarni ommaviy tarzda xarid qila boshladi. Bu haqda 21 may kuni «Moskovskiy komsomolets» nashri davlat xaridlari portalidagi ma’lumotlarga tayanib xabar berdi.

Rossiya kutubxonalari Tramp haqidagi kitoblarini ommaviy sotib olmoqda
Ma’lum bo‘lishicha, Chelyabinsk viloyatidagi Magnitogorsk shahar kutubxonalari assotsiatsiyasi Trampning «Chempion kabi o‘yla. Magnatning hayot va biznes haqidagi qarashlari» kitobini, Boyqo‘ng‘irdagi kutubxona xodimlari esa «Bitim san’ati» nomli kitobini buyurtma qilgan. Qiziqish Tramp haqidagi rus mualliflar asarlariga ham ortmoqda. Faqatgina Trampning shaxsiy asarlari emas, balki u haqida rossiyalik mualliflar tomonidan yozilgan biografiyalarga ham talab oshib bormoqda. Jumladan, Irkutsk viloyatining Sayansk shahridan Aleksandr Nemirovning «Donald Tramp. O‘ziga xos begona» kitobiga, Chelyabinsk viloyatidan Igor Prokopenkoning «Qarama-qarshi rahbarning portreti» asariga buyurtmalar berilgan. Shu kabi xaridlar Noviy Urengoy, Yakutiyaning Namskiy Ulus va Tver viloyatining Bejetsk shaharlaridagi kutubxonalar tomonidan ham amalga oshirilmoqda. Kutubxona xodimlari bunday qiziqishni Donald Trampning 2024 yil noyabrdagi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongani bilan izohlamoqda. Uning siyosiy qayta sahnaga chiqishi natijasida Rossiya jamoatchiligi orasida ham u haqidagi kitoblarga qiziqish ortgan.

Teglar

Mavzuga oid

Rossiya kutubxonalari Tramp haqidagi kitoblarini ommaviy sotib olmoqda | Vaqt.uz