add

Rossiya migrantlarga pul o‘tkazish cheklovini joriy etmoqchi

16.07.2025 | 11:0031473

Rossiya Davlat Dumasi migrantlar tomonidan chet elga o‘z rasmiy maoshidan ko‘p miqdorda pul o‘tkazilishini taqiqlovchi tashabbusni muhokama qilmoqda. Bu orqali yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish va moliyaviy operatsiyalar shaffofligini ta’minlash ko‘zda tutilmoqda.

Rossiya migrantlarga pul o‘tkazish cheklovini joriy etmoqchi
Rossiyada ishlovchi chet elliklar o‘z yurtlariga faqat rasmiy maoshlari miqdorida pul o‘tkazishi mumkin. «Noviye lyudi» partiyasi deputatlari Aleksey Nechayev, Sardana Avksenteva va Vladimir Plyakin tomonidan taklif etilgan mazkur chora mamlakat iqtisodiy xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan. Ular Rossiya Markaziy banki rahbari Elvira Nabiullinaga yo‘llagan murojaatida bunday cheklov yashirin daromadlarning oldini olishi, soliq tushumlarini oshirishi va moliyaviy operatsiyalarning shaffofligini ta’minlashini ta’kidlagan. Amaldagi qonunlar bu borada samarali nazorat mexanizmlarini nazarda tutmagani qayd etilgan. Yangi tashabbusga ko‘ra, rasmiy maoshidan ortiqcha miqdorda pul o‘tkazmoqchi bo‘lgan migrantlar maxsus deklaratsiya orqali daromad manbasini tasdiqlashi kerak bo‘ladi. Shuningdek, Rossiya banklariga chet elliklarning moliyaviy operatsiyalari ustidan kuchaytirilgan monitoring yuklatilishi taklif qilinmoqda. Shu bilan birga, Rossiya hukumati mehnat migrantlari uchun qo‘shimcha davlat bojlari joriy etishni ham muhokama qilmoqda. Qonun loyihasiga ko‘ra, patent berish yoki uni uzaytirish — 4200 rubl, hujjat dublikatini berish yoki o‘zgartirish — 2100 rubl etib belgilanishi mumkin. Rossiya IIV ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yil oxirida mamlakatda 6,3 mln xorijlik fuqaro bo‘lgan. Ular asosan qurilish, savdo va sanoat sohalarida faoliyat yuritgan.

Teglar

Mavzuga oid