add

Rossiya o‘z «xufiyona floti»ni La Mansh bo‘g‘ozidan harbiy kemalar bilan qo‘riqlab o‘tkazmoqda

23.06.2025 | 17:206783

Rossiya o‘z neftini tashuvchi «xufiyona tankerlar»ni endi harbiy kemalar bilan himoya qilmoqda. La Mansh orqali o‘tgan kema kolonnasi ilk bor Rossiya korveti tomonidan kuzatib borilgan. Mutaxassislar bu holatni xalqaro sanksiyalarga ochiqcha qarshi chiqish sifatida baholamoqda.

Rossiya o‘z «xufiyona floti»ni La Mansh bo‘g‘ozidan harbiy kemalar bilan qo‘riqlab o‘tkazmoqda
2025 yil 16 iyunda Rossiya o‘z neftini tashuvchi «xufiyona flot»ga taalluqli tankerlarni La-Mansh bo‘ylab ilk bor harbiy korabl bilan qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda Starboard Maritime Intelligence tahlilchisi Mark Duglas ma’lum qildi, deb yozmoqda The Insider. Duglasning so‘zlariga ko‘ra, Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga duchor bo‘lgan SELVA va SIERRA tankerlari hamda Rossiyaning «Steregushchiy» turkumidagi «Boykiy» korveti harakatini avtomatik identifikatsiya tizimlari orqali kuzatish mumkin bo‘lgan. Ushbu uchta kema hamohanglikda harakat qilib, Rossiya portlariga neft yuklab olish uchun yo‘l olgan. Ekspertlar Rossiyaning ushbu qadamini xalqaro sanksiyalar tizimiga ochiq qarshi chiqish deb baholamoqda. Bu esa global hamjamiyatning qanchalik qat’iy ekanini sinovdan o‘tkazishi mumkin. SELVA tankeri avval Panama bayrog‘i ostida yurgan bo‘lsa-da, keyinchalik Palau yurisdiksiyasiga o‘tgani aniqlangan. Markaziy kuzatuv tashkilotlari tankerlarning yurish trayektoriyasi va yurisdiksiyasidagi o‘zgarishlarni doimiy kuzatib bormoqda. Bundan avval, may oyida Finlyandiya mudofaa vaziri Antti Xyakkyanen ham Rossiyaning Finlyandishafonida tankerlarni harbiylar bilan qo‘riqlayotganini ma’lum qilgan edi. Shuningdek, Estoniya tomonidan to‘xtatilgan Jaguar tankerini Rossiya Su-35 uchog‘i bilan himoya qilgani va NATO havo fazosiga aralashgani qayd etilgan.

Teglar

Mavzuga oid