add

Rossiya Ozarboyjon elchisini chaqirib, Bokuga norozilik bildirdi

01.07.2025 | 19:2042263

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Ozarboyjon elchisini chaqirib, ikki tomonlama munosabatlardagi oxirgi ziddiyatli vaziyat yuzasidan rasmiy norozilik notasini topshirdi. Moskva Bokuni rusofobiya va rossiyalik jurnalistlarning hibsga olinishida ayblamoqda.

Rossiya Ozarboyjon elchisini chaqirib, Bokuga norozilik bildirdi
1 iyul kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligida Ozarboyjonning Rossiyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi Rashad Mustafayev chaqirildi. Uchrashuv davomida Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin Bokuning so‘nggi do‘stona bo‘lmagan harakatlari bo‘yicha rasmiy norozilik bildirdi. Rossiya tomoni ayniqsa Ozarboyjonda yuqori darajadagi davlatlararo tadbirlarni bekor qilinishi, Ozarboyjon ommaviy axborot vositalari orqali rusofobiya targ‘iboti yuritilishi va «Sputnik Ozarboyjon» agentligi hamda uning xodimlariga nisbatan qonunsiz xatti-harakatlardan qattiq norozi ekanini ta’kidladi. Shuningdek, Rossiyadan chiqqan barcha ijodiy jamoalar, jumladan bolalar guruhlari ishtirokidagi madaniy tadbirlarni Ozarboyjonda taqiqlash holati ham qator e’tirozlarga sabab bo‘ldi. Rossiya Bokuga rossiyalik jurnalistlar Ivan Kartavы va Yevgeniy Belousovni zudlik bilan ozod qilish talabini o‘z ichiga olgan notani topshirdi. Rossiyaning ta’kidlashicha, jurnalistlar hibsga olinishi ikki tomonlama munosabatlarga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Eslatib o‘tamiz, Yekaterinburgda yaqinda Ozarboyjon fuqarolariga nisbatan Rossiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan qo‘llanilgan tergov harakatlari qonun doirasida o‘tkazilgan. Rossiya bu holatning Ozarboyjonda rossiyaliklarga nisbatan qilingan choralar bilan bog‘liq emasligini bildirdi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Ozarboyjondagi ayrim mansabdor shaxslar Rossiya ichki ishlariga aralashishga urinayotganini ham qayd etdi. Bu yuzasidan Rossiya Tergov qo‘mitasi qo‘shimcha ma’lumot berishi aytildi.

Teglar

Mavzuga oid