add

Rossiya O‘zbekistonda bitta katta va bitta kichik AES qurmoqchi

12.06.2025 | 20:2013334

«Rosatom» rahbariga ko‘ra, loyihani O‘zbekiston tomoni moliyalashtirishi aytilgan, Rossiya krediti masalasi muhokama qilinmagan.

Rossiya O‘zbekistonda bitta katta va bitta kichik AES qurmoqchi
Rossiyaning «Rosatom» davlat korporatsiyasi O‘zbekistonda ikki turdagi atom elektr stansiyasini qurish loyihasini amalga oshiradi. Endi ham kichik, ham katta quvvatli atom elektr stansiyalarini qurish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligi Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida o‘tkazilgan Rossiya–O‘zbekiston tovar ayirboshlashini kengaytirish bo‘yicha ishchi guruhi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha ma’lum qildi, deb yozmoqda Interfax. Ta’kidlanishicha, o‘tgan yili faqat kichik quvvatli atom stansiyasi qurilishi ko‘zda tutilgan edi. Ammo bu yil ikki davlat rahbarlari loyihani kengaytirishga kelishib, har biri ikki blokdan iborat bo‘lgan katta va kichik AES qurishga qaror qilishgan. «Rosatom» rahbari Aleksey Lixachyovning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya 2026 yilga qadar, yoki undan avvalroq kichik AES qurilishi uchun beton quyish ishlarini boshlashni rejalashtirmoqda. Uning ko‘ra, korporatsiya katta quvvatli stansiya uchun ham loyiha, moliyalashtirish sxemasi va mahalliylashtirish bo‘yicha takliflarni tayyorlagan. Kichik AES — «Rosatom»ning xorijdagi birinchi eksport loyihasi hisoblanadi. Bu haqdagi kelishuv 2023 yil bahorida imzolangan va kuzda texnik hujjatlar ishlab chiqilishi rejalashtirilgan edi. Ushbu stansiya oltita 55 megavattli reaktordan iborat bo‘lib, qurilish ishlari 2025 yil yozida boshlanishi, foydalanishga topshirish esa 2029–2033 yillarga mo‘ljallangan. Mazkur loyiha O‘zbekiston tomonidan moliyalashtiriladi, Rossiya tomonidan qarz ajratilishi masalasi muhokama qilinmagan. Loyiha energiya yetishmasligini kamaytirish va energetik mustaqillikni ta’minlashda muhim qadam sifatida baholanmoqda.   Meta description:  

Teglar

Mavzuga oid