add

Rossiya o‘zining sobiq bosh vazirini terrorchilar ro‘yxatiga kiritdi

Bugun 08:084091

Rossiya Federatsiyasining sobiq bosh vaziri muxolif qarashlari uchun terrorizm va ekstremizm bilan bog‘liq shaxslar ro‘yxatiga tushdi.

Rossiya o‘zining sobiq bosh vazirini terrorchilar ro‘yxatiga kiritdi

Rossiya Federal moliyaviy kuzatuv xizmati sobiq bosh vazir Mixail Kasyanovni «terrorizm va ekstremizmga bilan bog‘liq shaxslar» ro‘yxatiga kiritganini ma’lum qildi. Bu haqda tashkilotning rasmiy saytda e’lon qilindi.

2000–2004 yillarda Rossiya hukumatiga rahbarlik qilgan Kasyanov 2023 yil noyabrida «hukumat va armiya haqida yolg‘on ma’lumot tarqatgani» uchun «chet el agentlari» ro‘yxatiga ham kiritilgan edi. Kremlga ochiq tanqidiy munosabati bilan tanilgan siyosatchi endi yana bir bosqichda — «terrorchilik» ayblovlari ostida turibdi.

Kasyanovdan tashqari, mazkur ro‘yxatga «Novaya gazeta Yevropa» bosh muharriri Kirill Martinov ham qo‘shilgan.

Rossiyada hozirda muxoliflar faoliyatiga nisbatan bunday bosimlar kuzatilmoqda. Jumladan, 2023 yil oktabrda Mixail Xodorkovskiy boshchiligidagi «Rossiya urushga qarshi qo‘mitasi» a’zolariga terrorchilik ishi ochilgan. Kasyanov ham aynan shu tashkilot a’zosi sifatida tergovga jalb qilingan edi.

Teglar

Mavzuga oid

Rossiya o‘zining sobiq bosh vazirini terrorchilar ro‘yxatiga kiritdi | Vaqt.uz