add

Rossiya razvedkasi muzlatilgan aktivlarni saqlab qolish uchun belgiyalik siyosatchilarni qo‘rqitishga o‘tdi — The Guardian

Kecha 23:001862 daqiqa

Yevropa maxsus xizmatlarining ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu harakat mamlakat rahbarlariga va «Euroclear»ning asosiy shaxslariga qaratilgan. Xususan, Euroclear'ning bosh direktori Valeri Urben tahdidlarga uchragan.

Rossiya razvedkasi muzlatilgan aktivlarni saqlab qolish uchun belgiyalik siyosatchilarni qo‘rqitishga o‘tdi — The Guardian

Rossiya razvedkasi Ukraina foydasiga muzlatilgan rus aktivlarini ishlatishga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Belgiya siyosatchilari hamda moliya tashkilotlari rahbarlarini qo‘rqitish kampaniyasini tashkil qildi. Bu haqda The Guardian nashri Yevropa maxsus xizmatlari ma’lumotlariga tayanib xabar bermoqda.

Maxsus xizmatlar ma’lumotiga ko‘ra, ushbu bosim kampaniyasi mamlakat rahbarlari va Euroclear (Rossiya aktivlarining katta qismi saqlanadigan Belgiya depozitariysi) tizimidagi asosiy shaxslarga qaratilgan. Xususan, Euroclear bosh direktori Valeri Urben ham shunday tahdidlarni qabul qilgan.

The Guardian suhbatdoshlari bo‘lgan yevropalik amaldorlar bu harakatlar ortida Rossiya harbiy razvedkasi (GRU) turganiga ishonch bildirmoqda, biroq bunday xulosaga qanday kelingani ochiqlanmagan. Qo‘rqitish kampaniyasi aynan qanday usullarda olib borilgani haqida ham nashrda batafsil ma’lumot berilmagan.

Euroclear vakillari vaziyat yuzasidan izoh berishni rad etdi. «Har qanday potentsial tahdidlarї birinchi navbatda ko‘rib chiqiladi va hukumatning tegishli ko‘magi bilan sinchkovlik bilan tekshiriladi», — deya ma’lum qildi depozitariy vakili.

2025 yil mart oyida EUobserver, De Morgen, Humo va Le Monde nashrlari hamkorlikda o‘tkazgan surishtiruvda qayd etilishicha, Euroclear o‘z bosh direktori Valeri Urben va ijroiya kengashining yana yetti nafar a’zosini himoya qilish uchun Fransiyaning Amarante xususiy qo‘riqlash kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan.

2022 yilda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi ortidan G‘arb mamlakatlarida Rossiya Markaziy bankining qariyb 260 milliard yevrolik aktivlari muzlatib qo‘yilgan edi. 2025 yil sentabr oyi boshida Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen muzlatilgan aktivlarni garovga qo‘ygan holda Ukrainaga 140 milliard yevro miqdorida «reparatsiya krediti» berish g‘oyasini ilgari surdi. Ushbu kredit urush tugagach, Rossiya yetkazilgan zararni qoplaganidan so‘ng so‘ndirilishi ko‘zda tutilgan. Biroq Belgiya huquqiy javobgarlik va sud da’volaridan xavfsirab, bu rejaga qarshi chiqmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Rossiya razvedkasi muzlatilgan aktivlarni saqlab qolish uchun belgiyalik siyosatchilarni qo‘rqitishga o‘tdi — The Guardian | Vaqt.uz