add

Rossiya Ukraina bilan yana qancha vaqt jang qilishi mumkin?

05.08.2025 | 22:2041284

AQSHda urushni to‘xtatish bo‘yicha bosimni kuchaytirish harakatlari yangilanayotgan bir paytda, «Foreign Policy» nashri Rossiya iqtisodiyotining urush sharoitidagi barqarorligi haqida tahlil e’lon qildi.

Rossiya Ukraina bilan yana qancha vaqt jang qilishi mumkin?
AQSH prezidenti Donald Tramp so‘nggi bayonotida Rossiyaga urushni to‘xtatishga oid «haqiqiy natijalar» ko‘rsatishi uchun faqat «bir necha kun» muhlat berilishini bildirdi. Aks holda, Moskvaga nisbatan yangi sanksiyalar va ehtimoliy bojlar joriy etilishi mumkinligini aytdi. «Foreign Policy» tahlilchisi Nikolas Fenton yozgan maqolaga ko‘ra, bu sanksiyalar qanchalik samarali bo‘lishi noma’lum. Rossiya jangovar qobiliyatini ancha yuqori darajada saqlab turibdi va taxminlarga ko‘ra, urushni yana kamida uch yil davom ettirishga qodir. Nashr maqolasida qayd etilishicha, Rossiyadagi iqtisodiy faollik saqlanmoqda va mamlakat iqtisodiyoti to‘liq harbiy relslarga o‘tkazilgan. Fentonga ko‘ra, sanksiyalar mutlaqo samarasiz deb bo‘lmaydi, ammo ularni samarali qilish uchun strategik yondashuv talab etiladi. Rossiya jamiyatidagi mafkuraviy safarbarlik va aholining ishonchi — mamlakat iqtisodiy barqarorligining asosiy omili hisoblanadi. Shu bilan birga, tahlilda Rossiya iqtisodiyotida «qizib ketish» belgilari kuzatilayotgani qayd etilgan. Bundan xavotirlangan Markaziy bank foiz stavkalarini pasaytirishga kirishgan. Ekspertlarning fikricha, bu holat ortiqcha yuklanishning dastlabki belgilaridan darak berishi mumkin. Muallifning ta’kidlashicha, Rossiya hukumatining o‘ziga xos zaif nuqtasi — «ko‘zga ko‘rinadigan g‘alaba»ga bo‘lgan ehtiyojdir. Agar bunday natija bo‘lmasa, jamiyatni birlashtirib turgan ideologik konstruksiya parchalanishi mumkin. Fenton xulosasiga ko‘ra, Rossiyadagi mustahkamlikni faqat yangi sanksiyalar emas, balki ularning aniq va maqsadli qo‘llanilishi sinab ko‘rishi mumkin. Faqat shundagina ular vaziyatni o‘zgartirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi.

Teglar

Mavzuga oid