Rossiya va Eron BMTda: «Starlink» xalqaro huquqni poymol qilmoqda

Kecha 13:252 daqiqa

Rossiya va Eron BMT maydonida «Starlink» sun’iy yo‘ldoshli internetnet tizimi xalqaro huquqqa zid deb baholab, uning harbiy va tijorat texnologiyalari o‘rtasidagi chegarani yo‘qotayotganini bildirdi.

Rossiya va Eron BMTda: «Starlink» xalqaro huquqni poymol qilmoqda

Rossiya va Eron vakillari BMTning tinch maqsadlarda koinotdan foydalanish bo‘yicha qo‘mitasi yig‘ilishida «SpaceX» kompaniyasining «Starlink» sun’iy yo‘ldoshli internet tarmog‘ini xalqaro huquqni buzishda aybladi.

«Bloomberg» nashrining yozishicha, Rossiya delegatsiyasi 1967 yilgi Koinot to‘g‘risidagi shartnoma talablariga e’tibor qaratgan. Ushbu hujjatga ko‘ra, kosmik faoliyat boshqa ishtirokchilar manfaatlarini inobatga olgan holda amalga oshirilishi kerak. Moskvaning fikricha, xususiy kompaniya tomonidan boshqarilayotgan yirik sun’iy yo‘ldosh tarmog‘i kosmosdan uzoq muddatli va barqaror foydalanish tamoyillariga mos kelmasligi mumkin.

Rossiya yangi sun’iy yo‘ldoshlar sonini cheklash va tijorat chastotalaridan harbiy maqsadlarda foydalanish qoidalarini aniqlash bo‘yicha xalqaro muzokaralar o‘tkazishni talab qildi.

Eron pozitsiyasi

Eron vakillari esa «Starlink»ning mamlakat hududida «noqonuniy ekspluatatsiyasi» davlat suverenitetini buzishini ta’kidladi. Tehron fikricha, «tijorat sun’iy yo‘ldosh mega-guruhi» milliy hukumat sanksiyasisiz harbiy maqsadlarda qo‘llanilmoqda.

Avvalroq Eron bu masalani Xalqaro elektr aloqasi ittifoqida ham ko‘targan edi. U yerda hukumat ruxsatisiz telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatishni taqiqlovchi qoidalar mavjudligi aytilgan.

Eronda «Starlink»dan foydalanish rasman taqiqlangan. Shunga qaramay, so‘nggi yillarda mamlakatga taxminan 50 mingga yaqin terminal noqonuniy ravishda olib kirilgani aytilmoqda.

Yanvar oyidagi norozilik namoyishlari chog‘ida hukumat internetga cheklov kiritgan vaqtda namoyishchilar aynan shu tarmoq orqali aloqa qilgani qayd etilgan.

«Starlink» va harbiy qo‘llanish

«SpaceX» kompaniyasiga tegishli «Starlink» tarmog‘i hozirda taxminan 9600 ta sun’iy yo‘ldoshdan iborat. «Bloomberg» nashrining ta’kidlashicha, ushbu tizim Ukraina harbiylari tomonidan Rossiya bosqiniga qarshi kurashda faol qo‘llanilmoqda.

Avval Rossiya harbiylari ham «Starlink» xizmatlaridan foydalangani haqida xabarlar chiqqan edi. Biroq fevral boshida Ilon Mask Rossiya qurolli kuchlari uchun terminallarni o‘chirgani ma’lum qilingan.

Teglar

Mavzuga oid