add

Rossiya va Eron yadroviy hamkorlikni kuchaytirmoqda

23.06.2025 | 19:452202

23 iyun kuni Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Araqchiy Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Yaqin Sharqdagi vaziyat yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi. Ushbu tashrif AQSH va Isroil tomonidan Eronga qilingan so‘nggi zarbalar ortidan amalga oshirildi.

Rossiya va Eron yadroviy hamkorlikni kuchaytirmoqda
Eronning IRNA agentligi xabar berishicha, Araqchiy Moskvaga mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan maslahatlashish maqsadida kelgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda Rossiya bilan siyosiy va yadroviy sohalarda hamkorlikni yanada mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Prezident Putin muzokara chog‘ida Rossiyaning Eronga nisbatan pozitsiyasi aniq va o‘zgarmasligini ta’kidladi. Uning qayd etishicha, Eronga qarshi amalga oshirilayotgan hujumlar mutlaqo asossiz va hech qanday asosga ega emas. Rossiya tomonidan Eron xalqiga yordam ko‘rsatishga doimiy harakat qilinmoqda. Uchrashuvda yadroviy dastur masalalari ham muhokama qilindi. Eron Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qilishicha, Rossiya hozirda Busherda atom elektr stansiyasi qurilishida hamkorlik qilmoqda hamda yadroviy kelishuvlar yuzasidan muzokaralarda yordam ko‘rsatmoqda. Araqchiy o‘z navbatida Rossiya tomoniga Isroil va AQSHning tajovuzkor harakatlarini qoralagani uchun minnatdorlik bildirdi va Moskvaning pozitsiyasini «to‘g‘ri yo‘ldagi pozitsiya» yeb atadi.

Teglar

Mavzuga oid