add

Rossiya va Ukraina o‘rtasida dron va raketa zarbalarini to‘xtatish ehtimoli yuzaga keldi

06.08.2025 | 09:0032814

Kreml AQSHning bosimi ostida Kiyev bilan «havo orqali hujumlarni to‘xtatish»ga rozi bo‘lishi mumkin. Lekin bu faqat zarbalarni qamrab oladi, to‘liq urushni emas.

Rossiya va Ukraina o‘rtasida dron va raketa zarbalarini to‘xtatish ehtimoli yuzaga keldi
Bloomberg agentligining ma’lum qilishicha, Rossiya hukumati AQSH ma’muriyati, xususan, prezident Donald Trampning talablari ostida Ukraina bilan «havo orqali hkjkm qilishni to‘xtatish» kelishuviga kelish imkonini ko‘rib chiqmoqda. Manbalarga ko‘ra, Kreml bu yo‘l bilan Vashingtonga muayyan yon bermoqchi. Mazkur shartli tinchlik asosan dron va raketa zarbalarini o‘zaro to‘xtatishni nazarda tutadi, ammo u yerdagi yerdagi janglar va urushning umumiy frontlari to‘liq qamrab olinmaydi. Boshqacha qilib aytganda, havo hujumlari to‘xtatilishi mumkin, ammo urushning o‘zi emas. Rossiya tomoni bu kelishuvga faqat Ukraina ham rozi bo‘lsagina imzo chekishi mumkinligini ta’kidlamoqda. Kreml vakili Dmitriy Peskov «bunday uchrashuvlar juda muhim, ammo oldindan izoh berishdan tiyilamiz», degan Bloomberg’ga. Ma’lumot uchun, 1 avgust kuni Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ham AQSH rasmiylari bilan olib borgan muzokaralarda aynan shu masala — Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi havo urushini cheklash haqida fikr almashilganini aytgan edi. AQSH prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Stiven Uitkoff 6 avgustning erta tongida Moskvaga yetib borgani aytilmoqda. Bu tashrif 8 avgustga belgilangan urushni to‘xtatish bo‘yicha ultimatumning yakun topishi arafasida amalga oshirildi. Tramp avvalroq Rossiya va uning savdo hamkorlariga nisbatan yangi sanksiyalar joriy etilishini ma’lum qilgan edi. Uning fikricha, agar urushni to‘xtatish bo‘yicha aniq siljish bo‘lmasa, ushbu cheklovlar amalga oshiriladi. Kreml ayni paytda jiddiy muzokaralarga tayyor ekanini bildirar ekan, Moskvada Uitkoff tashrifi Ukrainadagi havo zarbalarini vaqtincha to‘xtatish bo‘yicha kelishuv muhokamasida markaziy o‘rin tutadi.

Teglar

Mavzuga oid