add

Rossiya va Xitoyni tiyib turish uchun: AQSH armiyasida keng qamrovli harbiy modernizatsiya boshlandi

04.09.2025 | 12:4913004

Xitoy, Rossiya va Koreya hamkorligiga javoban AQSH hukumati armiyani tubdan yangilash va so‘nggi texnologiyalar bilan kuchaytirishga qaror qildi.

Rossiya va Xitoyni tiyib turish uchun: AQSH armiyasida keng qamrovli harbiy modernizatsiya boshlandi

AQSH Xitoy va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlik mustahkamlanayotgani hamda ularning Shimoliy Koreya bilan «Amerikaga qarshi fitna uyushtirmoqda» degan bayonotlar ortidan keng ko‘lamli harbiy modernizatsiyani boshlamoqda. Bu haqda AQSH mudofaa vaziri Pit Hegset Fox News efirida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH prezidenti Donald Tramp Pentagonga «amerika armiyasini qayta tiklash» va Xitoy hamda Rossiyaga qarshi tiyib turuvchi strategik ustunlikni qayta ta’minlash bo‘yicha topshiriq bergan. «Biz urush izlayotganimiz yo‘q, ammo urushning oldini olish uchun yetarlicha qudratga ega bo‘lishimiz shart», — dedi Hegset.

Vazir Pekindagi harbiy paradni ham tilga oldi. Unga ko‘ra, Yaponiya ustidan qozonilgan g‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan parad va unda namoyon etilgan zamonaviy qurol-aslahalar AQSHning avvalgi ma’muriyati tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolar natijasidir. Ayni xatolar Moskva va Pekinga o‘z pozitsiyalarini mustahkamlash imkonini berdi, deya ta’kidladi Pentagon rahbari.

Hegsetning so‘zlariga ko‘ra, modernizatsiya butun harbiy infratuzilmani qamrab oladi — kosmos, aviatsiya, dengiz floti, suvosti kuchlari va uzoq masofali zarba berish vositalari. U shuningdek, AQSH qo‘lida shunday imkoniyatlar borligini ta’kidladiki, ularni Xitoy hech qachon takrorlay olmaydi.

Masalan, taktik miqyosdagi «Temir qopqon» (Iron Dome) raketaga qarshi mudofaa tizimi ana shunday texnologiyalardan biri sifatida tilga olindi. G‘arb tahlilchilari esa SHHT sammiti doirasidagi uchrashuvlarni tahlil qilar ekan, Xitoy yangi geosiyosiy qudrat markazini shakllantirishga intilmoqda, degan xulosaga kelishgan. Bu esa AQSHni o‘z harbiy strategiyasini tubdan qayta ko‘rib chiqishga majbur qilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid