add

Rossiyada go‘sht rekord darajada qimmatlamoqda: narxlarning o‘sishiga sabab nima?

09.10.2025 | 09:1919384

Jahonda mol go‘shti narxi sentyabrda 6,9 dollarga (565 rubl) yetdi — bu 1960 yildan buyongi eng yuqori ko‘rsatkich. Rossiyada esa narx o‘sishi dunyo darajasidan ham tezroq ketmoqda.

Rossiyada go‘sht rekord darajada qimmatlamoqda: narxlarning o‘sishiga sabab nima?
Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, sentyabr oyida mol go‘shti narxi 6,9 dollarga yetdi — bu 1960 yildan buyon kuzatilmagan rekord. Bir yil ichida jahon bo‘yicha bu mahsulot 10 foizga qimmatladi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu o‘sish AQSH va Xitoy bozorlaridagi katta talab bilan bog‘liq bo‘lib, trendning Rossiya bozoriga ham ta’siri kutilmoqda. Rossiyada esa go‘sht qimmatlashi ancha tez sur’atda ketmoqda. Rosstat ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yil iyunida 1 kg suyaksiz mol go‘shti narxi 895 rubl bo‘lgan — o‘tgan yilga nisbatan 16,9 foizga yuqori. Suyakli mol go‘shti 644 rublga yetgan (15 foiz o‘sish). Oktyabr oyi boshida esa o‘rtacha narx 747 rublni tashkil etdi. Taqqoslash uchun: bu davrda tovuq go‘shti 2,6 foizga (227 rubl/kg) qimmatladi. Mutaxassislar yil oxirigacha mol go‘shti yana 12–15 foizga oshishini taxmin qilmoqda. Rossiya bozoridagi vaziyatni qiyinlashtirayotgan asosiy omil — qishloq xo‘jaligida yirik qoramol soni qisqarishi. Bu holat mamlakatda keng yaylovlar va tabiiy ozuqa manbalari yetarli ekanligiga qaramasdan yuz bermoqda. «Qoramol soni qisqarayotgani sababli ichki bozorda yetkazib berish hajmi pasaymoqda, bu esa narxlarni yanada oshib ketishiga olib keladi», — deydi ekspertlar. Rossiya go‘sht assotsiatsiyasi rahbari Sergey Yushinning ta’kidlashicha, jahon bozoridagi narx o‘sishi, avvalo, AQSHdagi noqulay iqlim oqibatida chorva soni kamayishi bilan bog‘liq. «Amerika asosiy importchilardan biri bo‘lgani uchun tashqi bozorlarda faol xarid boshladi, bu esa narxlarni ko‘tarib yubordi. Xitoyda ham mol go‘shti iste’moli oshib bormoqda — hozir kishi boshiga yiliga o‘rtacha 7 kg dan to‘g‘ri keladi», — dedi u.

Teglar

Mavzuga oid

Rossiyada go‘sht rekord darajada qimmatlamoqda: narxlarning o‘sishiga sabab nima? | Vaqt.uz