add

Rossiyada Instagram’dagi reklama uchun ilk jarima qo‘llanildi

22.10.2025 | 09:461051

Instagram’da reklama joylashtirgan blogerga sud blogerga 30 ming rubl jarima tayinladi, garchi post taqiq amalga kiritilishidan avval chiqarilgan bo‘lsa ham.

Rossiyada Instagram’dagi reklama uchun ilk jarima qo‘llanildi

Rossiyada Instagram ijtimoiy tarmog‘ida reklama joylashtirgani uchun ilk marta jarima qo‘llanildi. Mash va Shot nashrlarining yozishicha, ish yurist-bloger Yevgeniya Tutushkinaga nisbatan qo‘zg‘atilgan. U Krasnodar o‘lkasini targ‘ib qiluvchi mehmonxona haqidagi videoning izoh qismida promokod joylashtirgani uchun sudga tortiladi.

Post 2025 yil iyul oyi boshida, ya’ni Rossiyada «taqiqlangan» va «nomaqbul» resurslarda reklama joylashtirishni man etuvchi qonun kuchga kirishidan oldin e’lon qilingan. Shu bilan birga, sud Tutushkinaga 30 ming rubl miqdorida jarima tayinladi.

Blogerning so‘zlariga ko‘ra, videoga avval uning kuzatuvchilari shikoyat qilgan, keyinchalik Roskomnadzor bu holatga e’tibor qaratgan. U sud qarorini apellyatsiya qilish niyatida ekanini ma’lum qildi. «Men bu tavsiyani bepul berganman, hech qanday moddiy manfaat olmaganman», — dedi Tutushkina.

Rossiyada 1 sentyabrdan «nomaqbul va taqiqlangan» saytlarda reklama joylashtirishga qarshi qonun amal qilmoqda. Hujjatga ko‘ra, nafaqat reklama beruvchi, balki tarqatuvchi ham javobgar hisoblanadi.

Instagram va Facebook ijtimoiy tarmoqlari va WhatsApp messenjeri egasi Meta korporatsiyasi esa Rossiyada ekstremistik tashkilot deb topilgan.

Teglar

Mavzuga oid

Rossiyada Instagram’dagi reklama uchun ilk jarima qo‘llanildi | Vaqt.uz