add

Rossiyada migrant bolalarning har 10 tadan 9 tasiga maktab eshiklari yopildi: tub sabablar

10.09.2025 | 18:2048294

Rossiya maktablari bu yil minglab migrant bolalarini o‘qishga qabul qilmadi. Test sinovlari, hujjatbozlik, rus tilini bilish darajasi — bir qarashda rasmiy sabab. Aslida, sabablar boshqa.

Rossiyada migrant bolalarning har 10 tadan 9 tasiga maktab eshiklari yopildi: tub sabablar
Rossiyada migrant bolalar uchun maktab ta’limiga kirish murakkab muammoga aylanmoqda. 2025 yil apreldan avgustgacha mamlakatdagi maktablarga 23 ming 600 nafar xorijlik bola uchun hujjatlar topshirilgan. Biroq ularning 87 foizi qabul jarayonida to‘siqqa uchragan. Bu haqda Rosobrnadzor ma’lum qildi. Qariyb 24 ming migrnat bolalardan faqat 8200 nafari test sinoviga kiritilgan. Qolganlarining hujjatlari to‘liq bo‘lmagan yoki talablarga javob bermagan. Achinarlisi, hatto testga kirganlarning ham hammasi ham imtihondan o‘ta olmagan — ularning faqat 2900 nafari maktabda o‘qishga izn beruvchi «qoniqarli» (uch) bahoni olgan. Bu — umumiy hujjat topshirganlar sonining 12,6 foizini tashkil etadi. Eslatib o‘tamiz, Rossiyada 1 apreldan boshlab migrant bolalar uchun rus tili bo‘yicha majburiy test sinovi joriy etilgan. Baholash besh ballik tizim asosida amalga oshiriladi. Qonun rasman ta’lim sifati va til muhitiga integratsiyani yaxshilash maqsadida joriy etilgan. Biroq mutaxassislar bu amaliyotga shubha bilan qaramoqda. Ular bu chora minglab bolalarni ta’limdan chetlatishini, jamiyatda ijtimoiy ajralib chiqish va tengsizlikni kuchaytirishini ta’kidlamoqda. Rossiya jamiyati ham, o‘qituvchilar ham rus tilini bilmaydigan yoki chala biladigan migrant bolalari o‘z farzandlari bilan bir sinfda o‘qishiga qarshi. Ona tilisi rus tili bo‘lmagan bunday bola butun sinfning o‘zlashtirishiga salbiy ta’sir o‘tkazmoqda, degan fikrni ilgari surishmoqda ular. May oyida ham shunga o‘xshash holat kuzatilgan edi — 1762 nafar bola rus tili testida qatnashib, ulardan faqat 27 nafari maktabga qabul uchun yetarli ball to‘plagan. Avvalroq Rossiya maktablarida migrant bolalar uchun o‘qish pulli bo‘lishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid