add

Rossiyada migrantlarga bosim kuchaydi: olti oyda 3 mingga yaqin kishi deportatsiya qilindi

19.08.2025 | 21:0022093

Rossiya hududida migrantlarga nisbatan nazorat keskin kuchaydi — ruxsatnomalar qisqardi, tekshiruvlar ortib, ko‘plab odamlar uchun yashash qiyinlashdi.

Rossiyada migrantlarga bosim kuchaydi: olti oyda 3 mingga yaqin kishi deportatsiya qilindi
2025 yilning birinchi yarmida Rossiyadan 2,8 ming nafar migratsiya qonunchiligini buzgan shaxslar deportatsiya qilindi, bu raqamlar o‘tgan yilga nisbatan 17 foizga ko‘p. Bu haqda «Dunyo» AA xabar berdi. Rossiya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatda noqonuniy migrantlar o‘rtasidagi jinoyatchilikka qarshi kurash choralari, shuningdek, migrantlarni ish bilan ta’minlovchi ish beruvchilar ustidan nazorat kuchaytirilgan. Jumladan, yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan o‘tkazilgan rejadan tashqari tekshiruvlar soni 14,6 foizga (6 ming 367 ta) oshgan bo‘lib, natijada 19 ming 839 ta huquqbuzarlik sodir ochilgan. Shuningdek, shu yil birinchi yarim yillikda jami 587,8 ming migratsiya (+17%), jumladan, noqonuniy yashash (+28%) va mehnat bozori orqali bandlik bilan bog‘liq huquqbuzarliklar (+52%) aniqlangan. Bundan tashqari, Ichki ishlar vazirligi propiska va vaqtincha propiska berishni sezilarli darajada qisqartirdi. Birinchi yarim yillikda berilgan ruxsatnomalar soni 31 foizga (16,6 mingta), yashash uchun ruxsatnomalar esa 32 foizga (80,1 mingta) kamaydi. «791 nafar shaxsga nisbatan Rossiya fuqaroligini bekor qilish to‘g‘risida qarorlar qabul qilindi. Shuningdek, chet elliklarni Rossiyaga ishga joylashtirish to‘g‘risidagi bildirishnomalar soni ham ko‘paygan», - deyiladi manbada.

Teglar

Mavzuga oid

Rossiyada migrantlarga bosim kuchaydi: olti oyda 3 mingga yaqin kishi deportatsiya qilindi | Vaqt.uz