add

Rossiyada migrantlarning uchdan bir qismi rus tili imtihonidan o‘ta olmagan

27.10.2025 | 11:251941

2025 yilning uchinchi choragida 275 mingdan ortiq migrant Rossiyada ishlash ruxsatnomasini olish uchun rus tilidan imtihon topshirgan.

Rossiyada migrantlarning uchdan bir qismi rus tili imtihonidan o‘ta olmagan

Iyul–sentyabr oylarida Rossiyada ishlash ruxsatnomasi yoki patent olish uchun zarur bo‘lgan test sinovlarida 275,6 ming chet el fuqarosi ishtirok etgan. Ulardan 86,9 foizi imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan bo‘lsa, 35 foizdan ortig‘i birinchi urinishda rus tili bo‘yicha yetarli natija ko‘rsata olmagan. Bu haqda Rossiya Ta’lim va fan vazirligi ma’lumotlariga tayanib, RIA NOVOSTI xabar berdi.

Rossiya Ta’lim va fan vazirligi xabarida ta’kidlanishicha, bu ko‘rsatkich yilning uchinchi choragidagi umumiy sinov natijalariga taalluqli. Imtihon faqat til bilimlarini emas, balki Rossiya tarixi va qonunchilik asoslarini ham qamrab oladi. Birinchi darajadagi attestatsiya faqat ish ruxsatnomasi uchun zarur bo‘lib, rus tili bo‘yicha bilimni baholaydi. Ikkinchi va uchinchi darajadagi sinovlar esa vaqtincha yashash ruxsatnomasi (RVP) va yashash ruxsatnomasi (VNJ) olish uchun talab qilinadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, imtihonni Rossiyaning barcha hududlarida, jami 203 ta maxsus markazda topshirish mumkin. Shuningdek, test markazlari nafaqat Rossiyada, balki uning tashqarisida ham tashkil etilgan. Xususan, Tojikiston va O‘zbekistondagi punktlarda ham migrantlar rus tilidan imtihon topshirishlari mumkin.

Teglar

Mavzuga oid