add

Rossiyada o‘zini «Iso Masih» deb da’vo qilgan erkak 12 yilga qamaldi

02.07.2025 | 19:2013383

Rossiyada o‘zini «qayta tug‘ilgan» Iso Masih deb e’lon qilgan sibirlik erkak 12 yilga ozodlikdan mahrum etildi. U va uning yordamchilari sodir etgan jinoyatlar yuzasidan sud hukmi chiqdi.

Rossiyada o‘zini «Iso Masih» deb da’vo qilgan erkak 12 yilga qamaldi
Rossiyada sibirlik Sergey Torop o‘zini «Iso Masih» deb atab, odamlardan pul to‘plash va ularga turli shaklda ziyon yetkazishda aybdor deb topildi. Fox News’ning yozishicha, Torop va uning yordamchilari — Vladimir Vedernikov 12 yilga, Vadim Redkin esa 11 yilga qamaldi. Ular 2020 yilda Rossiya FXXning vertolyot ishtirokidagi maxsus amaliyoti vaqtida qo‘lga olingan edi. Sergey Torop avval yo‘l-patrul xizmati xodimi bo‘lgan. Keyin u o‘zini «Vissarion» — ya’ni «yangi hayot bag‘ishlovchi» deb e’lon qilgan va diniy yetakchi sifatida tanilgan. U 1991 yilda Sibirda «So‘nggi vasiyatnoma» nomli diniy guruh tuzgan. Torop o‘z izdoshlariga go‘sht yemaslik, tamaki chekish va spirtli ichimliklar iste’mol qilmaslik, haqoratli so‘zlar ishlatmaslik va hatto puldan foydalanmaslikka chaqirgan. Ammo tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u va uning yordamchilari 16 nafar shaxsga ma’naviy va 6 nafarga jismoniy zarar yetkazgan. Sud hukmiga ko‘ra, ayblanuvchilar diniy harakat orqali odamlarni manipulyatsiya qilgan va ularga moliyaviy bosim o‘tkazgan. Ularning faoliyati Rossiyada jinoiy deb topildi.

Teglar

Mavzuga oid