add

Rossiyada shartnoma asosida urushga yollanish keskin kamaydi

21.09.2025 | 22:0036632

Ukraina ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya armiyasi bilan shartnoma imzolab urushga yo‘naltirilayotganlar soni keskin kamaydi. Bu holat frontdagi katta yo‘qotishlar bilan izohlanmoqda.

Rossiyada shartnoma asosida urushga yollanish keskin kamaydi
Ukraina Dezinformatsiyaga qarshi kurash markazi rahbari Andrey Kovalenko ma’lumot berishicha, 2025 yilning ikkinchi choragida Rossiya Mudofaa vazirligi bilan atigi 37,9 ming kishi shartnoma tuzgan. Bu so‘nggi ikki yildagi eng past ko‘rsatkich bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 93 ming kishiga kam. Kovalenko ta’kidlashicha, shartnoma asosidagi yollanuvchilar Rossiya armiyasining katta yo‘qotishlarini qoplay olmayapti. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Bosh shtabi ma’lumotlari asosida Rossiya har kuni o‘rtacha mingga yaqin jangchisidan ayrilmoqda. Ukraina Bosh shtabi hisoblariga ko‘ra, 20 sentyabr holatiga kelib Rossiya armiyasi yo‘qotishlari 1,1 milliondan oshgan. Faqat so‘nggi 24 soatda 1 070 nafar askar halok bo‘lgani bildirilgan. Shu bilan birga, mustaqil manbalar — «Mediazona» va BBC rus xizmati raqamlari ancha past. Ular olib borgan qo‘shma loyihaga ko‘ra, tasdiqlangan yo‘qotishlar soni 130 mingdan oshiq askarni tashkil etmoqda.

Teglar

Mavzuga oid