add

Rossiyada yonib-o‘chuvchi chiroqchali mashinalarni o‘tkazmagan haydovchilarga qat’iy jazo joriy etiladi

20.07.2025 | 16:0030143

Rossiyada maxsus signal o‘rnatilgan avtotransportga yo‘l bermagan haydovchilarga nisbatan litsenziyadan mahrum qilish va yirik jarimalar ko‘zda tutilgan. Yangi tartib endi nafaqat «tez yordam» yoki politsiya, balki amaldorlarning tashuvchi mashinalarga ham amal qiladi.

Rossiyada yonib-o‘chuvchi chiroqchali mashinalarni o‘tkazmagan haydovchilarga qat’iy jazo joriy etiladi
Rossiya hukumati maxsus signallar bilan harakatlanayotgan transport vositalarini o‘tkazib yubormaslikka qarshi qattiq choralarni joriy etmoqda. Bosh vazir Mixail Mishustin maxsus avtoulovlarning harakatini ta’minlashga oid yangi qarorni imzoladi. Unga ko‘ra, haydovchilar majburiy ravishda yo‘l berishlari yoki yo‘lni to‘liq bo‘shatishlari shart. Ushbu qaror «tez yordam», politsiya, Mudofaa vazirligi, FVV kabi xizmatlardan tashqari, amaldorlarni tashuvchi avtomobillarga ham taalluqli bo‘ladi. Yo‘lni bo‘shatmaslik — endi faqat YHQ buzilishi emas, balki ma’muriy javobgarlik ham hisoblanadi. Davlat Dumasi esa shunga muvofiq ravishda MJtKga o‘zgartirish kiritdi. Yangi qoidalarga ko‘ra, maxsus signal bilan yurgan mashinani o‘tkazmaslik 6 oydan 1 yilgacha haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilishga sabab bo‘ladi. Jarimalar esa 7,5 mingdan 10 ming rublgacha yetishi mumkin. Avvalgi qoidalarda haydovchi yo‘lni qay tarzda bo‘shatishi kerakligi aniq belgilanmagandi. Yangi qonun loyihasini Dumadagi xavfsizlik qo‘mitasi raisi Vasiliy Piskaryov taklif etgan. Uning ta’kidlashicha, ayniqsa Davlat xavfsizlik xizmati (FSO) muhofazasidagi shaxslar uchun transport vositalarining harakatini ta’minlashda qiyinchiliklar ko‘paygan. Piskaryovning tashabbusi Ichki ishlar vazirligi, FSO, Transport, Moliya va Adliya vazirliklari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Yangi tartib bilan amaldorlar yoki xizmat mashinalari ishtirokidagi har qanday maxsus avtotransportga hurmatsiz munosabat jazoga sabab bo‘ladi.

Teglar

Mavzuga oid