add

Rossiyadagi hibsxonasida tug‘ilgan o‘zbekistonlik qizaloq vatanga qaytarildi

Bugun 19:404631 daqiqa

Rossiya hibsxonasida dunyoga kelgan 1 yoshli o‘zbekistonlik qiz diplomatik yordam bilan vataniga qaytdi.

Rossiyadagi hibsxonasida tug‘ilgan o‘zbekistonlik qizaloq vatanga qaytarildi

Rossiya Federatsiyasining Saxa Respublikasida oilaviy tarbiyaga ko‘maklashish markazida yashayotgan bir yoshli O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan qiz vatanga qaytarildi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, bolaning onasi Rossiya hududida o‘ta yirik miqdordagi giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq jinoyatda aybdor deb topilib, 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan. U jazo o‘tayotgan paytida farzandini hibsxonada dunyoga keltirgan.

Chaqaloq tug‘ilgandan so‘ng, ona qamoqda qolgani sababli bola Saxa Respublikasidagi oilaviy tarbiyaga ko‘maklashish markaziga joylashtirilgan. Qizcha bir yoshga to‘lgunga qadar shu muassasada tarbiyalangan.

Keyinchalik mahkuma ayolning onasi nevarasini olib ketish maqsadida Rossiyaning Saxa Respublikasiga borgan va O‘zbekistonning Vladivostokdagi O‘zbekiston Bosh konsulxonasiga yordam so‘rab murojaat qilgan.

Diplomatik vakolatxona tomonidan bolani O‘zbekistonga qaytarish uchun zarur bo‘lgan maxsus sertifikat rasmiylashtirilgan. Rossiya hukumati ko‘magida barcha huquqiy va tashkiliy masalalar hal etilgandan so‘ng, qizcha belgilangan tartibda buvisiga topshirilgan.

Shuningdek, O‘zbek diasporasi faollari ko‘magida buvi va nabira uchun «Yoqutiston–Novosibirsk–Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalar xarid qilingan. Natijada, qizaloq o‘z vataniga sog‘-salomat yetib kelgan.

Teglar

Mavzuga oid