add

Rossiyadan og‘ir ahvolda qolgan o‘zbekistonliklar qaytarilmoqda

17.08.2025 | 13:3013592

O‘zbekiston Bosh konsulxonasi va Migratsiya agentligi ko‘magida amalga oshirilayotgan «Vatanga qaytarish» loyihasi doirasida Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan fuqarolarga qaytish sertifikatlari va aviachiptalar berildi. Ular 18 avgust kuni O‘zbekistonga qaytarilishi belgilangan.

Rossiyadan og‘ir ahvolda qolgan o‘zbekistonliklar qaytarilmoqda
Sankt-Peterburgda og‘ir hayotiy vaziyatga tushgan 100 dan ortiq o‘zbekistonlik vatanga olib kelinadi. Shu bilan birga, xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markazida bo‘lgan hamda og‘ir moddiy ahvolda qolgan 33 nafar o‘zbekistonlikka moddiy yordam ko‘rsatildi. Loyiha Turkiya, Rossiya, Qozog‘iston, BAA, Saudiya Arabistoni, Hindiston, AQSH va Koreyadagi deportatsiya markazlarida bo‘lib turgan ayollar va bolalarni ham vatandoshlari qatoriga qo‘shishni nazarda tutadi. Xorijda og‘ir moliyaviy ahvolga tushib qolgan fuqarolar konsullik muassasalari yoki Migratsiya agentligi xulosasi asosida vatanga qaytariladi. O‘zbekistonga qaytgan fuqarolarning samarali reintegratsiyasi uchun davlat tomonidan qator choralar ko‘rilmoqda. Ular maqsadli subsidiyalar, imtiyozli kreditlar hamda tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish dasturlari orqali qo‘llab-quvvatlanadi. Mahalliy hokimliklar, Bandlik vazirligi va Oila hamda xotin-qizlar qo‘mitalari vatanga qaytgan fuqarolarni ruhiy, ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan moslashtirish ishlarini amalga oshiradi.

Teglar

Mavzuga oid