add

Rustam Jo‘rayev IIVga qaytdi

Bugun 16:011 daqiqa

Milliy gvardiya qo‘mondoni Rustam Jo‘rayev lavozimidan ozod qilinib, Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Rustam Jo‘rayev IIVga qaytdi

2020 yildan beri Milliy gvardiya qo‘mondoni lavozimida ishlab kelayotgan Rustam Jo‘rayev lavozimidan ozod etilib, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning shu to‘g‘risidagi tegishli qarori va farmoni qabul qilindi.

Rustam Jo‘rayev 1968 yil 26-iyulda Toshkent shahrida tavallud topgan. U Ichki ishlar vazirligi akademiyasida tahsil olgan.

Bungacha u O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimida ham faoliyat yuritgan. 2018 yilning fevral oyidan 2020 yil martgacha Jo‘rayev Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i – Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 2020 yilda u  Milliy gvardiya qo‘mondoni etib tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, Rustam Jo‘rayevdan oldin Milliy gvardiyani boshqargan va keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari lavozimida ishlagan Bahodir Toshmatov yana qo‘mondon sifatida Milliy gvardiyaga qaytgani xabar qilingandi.

Teglar

Mavzuga oid