add

Sadir Japarov Mirziyoyevni UNESCO forumi bilan tabrikladi

Qirg‘iziston prezidenti O‘zbekiston prezidenti va xalqini UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi Samarqandda o‘tkazilgani bilan tabriklab, bu tadbirni mamlakatning xalqaro nufuzi hamda Markaziy Osiyoning jahon madaniy maydonidagi o‘rni ortib borayotganining yorqin dalili sifatida baholadi.

Sadir Japarov Mirziyoyevni UNESCO forumi bilan tabrikladi

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov o‘zining Facebook sahifasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Samarqandda UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi ish boshlagani bilan tabrikladi.

Sadir Japarov yullagan tabrigida Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasini «tarixiy voqea» deb atadi. Uning ta’kidlashicha, mazkur forum nafaqat O‘zbekiston uchun, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasi uchun ham katta ahamiyatga ega.

«UNESCO konferensiyasi ilk bor 40 yildan ortiq vaqt ichida Parijdagi bosh qarorgohidan tashqarida o‘tkazilmoqda. Bu O‘zbekistonning xalqaro obro‘-e’tibori va Markaziy Osiyoning jahon maydonidagi o‘rni ortib borayotganini anglatadi», — deyiladi maktubda.

Japarov ta’kidlaganidek, Samarqand shahrining ilm-fan, ma’rifat va ma’naviyat beshigi sifatida tan olinishi mazkur tadbirga alohida ramziy ma’no bag‘ishlaydi. U buni O‘zbekistonning sivilizatsiyalar o‘rtasidagi ko‘prik va tinchlik hamda bunyodkorlik g‘oyalarini ilgari surishdagi rolining tasdig‘i sifatida baholadi.

Qirg‘iziston rahbari, shuningdek, konferensiya doirasida ilgari surilayotgan tashabbuslar va qarorlar ta’lim, fan va madaniyat sohalarida yangi imkoniyatlar yaratishini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu kabi forumlar xalqlar o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashga va mintaqaning yanada gullab-yashnashiga xizmat qiladi.

Sadir Japarov so‘zining yakunida O‘zbekiston xalqini va Shavkat Mirziyoyevni forumning muvaffaqiyatli o‘tkazilishi bilan tabriklab, samarali muhokamalar, konstruktiv qarorlar va ilhomlantiruvchi natijalar tiladi.

Teglar

Mavzuga oid

Sadir Japarov Mirziyoyevni UNESCO forumi bilan tabrikladi | Vaqt.uz