add

Saida Mirziyoyeva Avazada xalqaro konferensiyada qatnashdi

10.12.2025 | 11:351 daqiqa

U konferensiya ishtirokchilariga O‘zbekistonda xotin-qizlarning ta’lim olishi, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi va o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ma’lumot bergan.

Saida Mirziyoyeva Avazada xalqaro konferensiyada qatnashdi

Joriy yilning 10-dekabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Turkmanistonning Avaza shahrida «Zamonaviy jamiyatda xotin-qizlarning o‘rni» mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etdi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

«Avazada «Zamonaviy jamiyatda xotin-qizlarning o‘rni» mavzusidagi xalqaro konferensiyada teng huquqlilik va xotin-qizlar hissasining muhimligi g‘oyalari chuqur tarixiy ildizlarga ega ekani haqidagi fikrlarim bilan o‘rtoqlashdim. O‘zbekistonda xotin-qizlarning ta’lim, tadbirkorlik sohalarida imkoniyatlarini kengaytirish va huquqlarini himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘zlab berdim», - deb yozdi u.

Mirziyoyevaning ta’kidlashicha, konferensiyada xotin-qizlar huquqlarini hurmat qilish, bunda o‘zaro qo‘llab-quvvatlash va hamjihatlik muhimligi .

«Ishonamanki, birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz bilan har bir ayol o‘z salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishi uchun sharoit yarata olamiz», - dedi Prezident Administratsiyasi rahbari.

Teglar

Mavzuga oid