add

«Samarqand–2028» sun’iy yo‘ldoshi kosmosga uchiriladi

Kecha 09:353741 Daqiqa

Samarqand 2028 yilda Xalqaro Astronavtika Kongressiga mezbonlik qiladi.

«Samarqand–2028» sun’iy yo‘ldoshi kosmosga uchiriladi

«Uzcosmos» agentligi va Xitoyning Star.vision kompaniyasi sun’iy yo‘ldosh texnologiyalari va kosmik ilovalarni rivojlantirish bo‘yicha strategik memorandum imzoladi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, tomonlar qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, ilmiy va texnologik integratsiyani kuchaytirish, universitetlar va kompaniyalar bilan hamkorlik qilishga kelishib olgan.

Xitoy kompaniyasi o‘zining giperspektral sun’iy yo‘ldoshlaridan biriga «Samarqand-2028» nomini berishi ma’lum qilindi.

«Hamkorlik milliy paxta va bug‘doy xaritalarini yaratishda giperspektral ma’lumotlardan foydalanishni ham qamrab oladi», — deyiladi xabarda.

Samarqand 2028 yilda Xalqaro Astronavtika Kongressiga mezbonlik qiladi. Bu bilan tarixda birinchi marta kosmik tadqiqotlar sohasidagi eng yirik dunyo forumi Markaziy Osiyoda bo‘lib o‘tadi.

Teglar

Mavzuga oid