add

Samarqand va Andijonda halok bo‘lgan ikki jasur xodimlar «Jasorat» medali bilan taqdirlandi

09.07.2025 | 08:1545853

Samarqandlik mayor Bahodir Vaisov va andijonlik katta leytenant Abdurasul Abduvaliyev Vatan oldidagi o‘z xizmat burchlarini hayotlari evaziga ado etdi. Ular jasorati uchun Prezident farmoni bilan «Jasorat» medali bilan taqdirlanishdi.

Samarqand va Andijonda halok bo‘lgan ikki jasur xodimlar «Jasorat» medali bilan taqdirlandi
23 iyun kuni Samarqand shahrida joylashgan harbiy qism yonida yong‘in kelib chiqqan paytda mayor Bahodir Vaisov hech ikkilanmadi. Xavfli uchqun omborga yaqinlashayotganini anglagan holda, u shaxsiy xavfsizligini unutib, yong‘inni o‘chirishga kirishdi. Og‘ir tan jarohati olgan bo‘lishiga qaramay, Vatan oldidagi burchini oxirigacha ado etdi. Afsuski, u olgan jarohatlari oqibatida ertasi kuni vafot etdi. Bu og‘ir voqeadan bir hafta o‘tib, 1 iyul kuni Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida ro‘y bergan fojeada katta leytenant Abdurasul Abduvaliyev tinchlikni saqlash uchun hayotini fido qildi. Pichoq bilan qurollangan mast shaxsni tinchlantirish paytida u pichoq zarbasini o‘z tanasiga qabul qilishga majbur bo‘ldi. Uning jasorati bois atrofdagi fuqarolarning hayoti saqlab qolindi. Ikki mard ham Vatanga xizmat qilish, odamlar hayotini asrash va tinchlikni ta’minlashda o‘zini ayamadi. Ular shaxsiy manfaat emas, el manfaati ustuvor bo‘lgan xizmatlar ichida hayot bilan vidolashdi. O‘zbekiston Prezidentining tegishli farmoni bilan har ikki mard ofitserga vafotidan so‘ng «Jasorat» medali berildi. Ular oilasi davlat himoyasiga olindi. bugungi kunda ularning nomi xalq xotirasida muhrlanmoqda. Har ikki fidoiyning jasorati na faqat shaxsiy, balki milliy darajada qadrlanadi. Vaqt o‘tar, ammo Bahodir Vaisov va Abdurasul Abduvaliyev nomlari va jasorati hamisha tirik qoladi.

Teglar

Mavzuga oid