
Samarqandda aka-uka qimorga berilgan ukasini tartibga solish maqsadida daraxtga bog‘lab, urib o‘ldirdi
12.10.2025 | 20:0146842
Samarqandda internetdagi qimor o‘yinlariga berilib ketgan 29 yoshli yigit aka-ukasi tomonidan «tarbiya» bahonasida kaltaklanib, bir necha kundan so‘ng halok bo‘ldi. Sud aybdorlarga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinladi.

Samarqand shahrida 29 yoshli yigit qimor o‘ynaganligi sababli aka va ukasi tomonidan urib, o‘ldirildi.
Voqea joriy yilning 20 iyun kuni ro‘y bergan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, aka-uka marhumni bog‘lab, elektr kabellari bilan tanasining turli qismlariga urib, og‘ir jarohat yetkazgan. Ularning zo‘ravonligi natijasida 29 yoshli yigit og‘ir ahvolda uyiga yotqizib qo‘yilgan va bir necha kundan so‘ng tan jarohatlaridan vafot etgan.
«Turmush o‘rtog‘im qimor o‘ynagan bo‘lsa-da, hech kimga ozor bermasdi. Aka-ukalar bilan munosabati yaxshi edi. Bunday vahshiylikka nega qo‘l urganini hali ham tushunolmayman», — dedi marhumning turmush o‘rtog‘i.
Jinoyat ishi Samarqand shahri sudida ko‘rildi. Sud hukmi bilan aybdor aka 8 yil 6 oy, uka esa 6 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Hukm qonuniy kuchga kirganidan so‘ng ijro etilishi belgilandi.





