add

Samarqandda noqonuniy oltin sotganlar fosh etildi

Bugun 10:29501

Ayblanuvchilar qonunga xilof ravishda jami og‘irligi 475 gramni tashkil qilgan 2 bo‘lak oltin quymalarni xaridorga 737 mln so‘mga sotishga kelishib, oldindan 500 mln so‘m olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Samarqandda noqonuniy oltin sotganlar fosh etildi

Samarqand viloyatida noqonuniy oltin savdosi to‘xtatib qolindi. Bu haqda DXX axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Davlat xavfsizlik xizmatining Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Aniqlanishicha, Navoiy va Samarqand viloyatlarida yashovchi, 1982, 1984 va 1996 yillarda tug‘ilgan 3 nafar fuqaro qonunga xilof ravishda jami og‘irligi 475 gramni tashkil qilgan 2 bo‘lak oltin quymalarni xaridorga 737 mln so‘mga sotishga kelishgan va oldindan 500 mln so‘m olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qayd etilishicha, mazkur shaxslarning 2 nafari muqaddam sudlangan bo‘lib, ulardan biri hozirda axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tayotgan bo‘lgan.

Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasining tegishli xulosasiga ko‘ra, 994 asillik darajasidagi ushbu oltin quymalarning sof og‘irligi 472 gramm bo‘lib, umumiy qiymati 740,4 mln so‘mni tashkil etgan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 177-moddasi (valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Samarqandda noqonuniy oltin sotganlar fosh etildi | Vaqt.uz