Samarqandda prokuror pora bilan qo‘lga olindi
Urgut tumani prokurori o‘rinbosari mahalliy MCHJning tabiiy gazdan noqonuniy foydalanishi oqibatida davlatga yetkazilgan 2 mlrd 887 mln so‘mlik zarar miqdorini 805,9 mln so‘mgacha kamaytirib berish evaziga pora talab qilgan.
© DXX matbuot xizmatiSamarqand viloyati Urgut tumani prokurori o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushidi. Bu haqda DXX axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur mansabdor shaxs Pastdarg‘om tumani prokuraturasida faoliyat yuritgan davrida xizmat mavqeidan foydalanib, mahalliy MCHJ tomonidan tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilishi natijasida 2 mlrd 887 mln so‘m miqdorida davlatga yetkazilgan zararni 805,9 mln so‘mga kamaytirib berish evaziga vositachilar orqali 6,5 ming AQSH dollari va 35 mln so‘m pora olgan.
Bu bilan cheklanmay prokuratura tomonidan MCHJ mansabdorlariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida zarar miqdorini 150-200 mln so‘mgacha kamaytirishni va ularga sud idoralaridagi tanishlari orqali yengil jazo tayinlanishida yordam berishini aytib, MCHJ egasidan 15 ming AQSH dollari talab qilgan.
Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.





