add

Samsung sog‘liqni saqlash tizimidagi yangi qurilmani yaratdi

07.10.2025 | 12:458253

Kompaniya sun’iy intellekt va innovatsion hamkorlik orqali yurak va miya salomatligini nazorat qiladigan qurilmalarni yaratmoqda.

Samsung sog‘liqni saqlash tizimidagi yangi qurilmani yaratdi
Samsung Electronics zamonaviy sog‘liqni saqlash sohasidagi muhim muammolarni hal etish uchun kiyiladigan texnologiyalar ishlab chiqdi. Kompaniya yaratgan smart soat orqali inson organizmidagi «chap qorincha sistolik disfunksiyasi» (LVSD) kabi og‘ir kasalliklarni ilk bosqichda aniqlash imkoni yaratildi. Bu yurak yetishmovchiligi holatlarining 50 foizi bilan bog‘liq bo‘lib, ayrim saraton turlaridan ham xavfli hisoblanadi. Texnologiya «Medical AI» kompaniyasi bilan hamkorlikda yaratilgan sun’iy intellekt algoritmlari asosida ishlaydi. Uning klinik samaradorligi Koreyaning 100 dan ziyod shifoxonasida 120 ming bemor misolida sinovdan o‘tgan. Janubiy Koreya Ovqat va dori xavfsizligi vazirligi tomonidan rasman tasdiqlandi. Shuningdek, Samsung Xanyan universiteti bilan hamkorlikda miya faoliyatini o‘rganuvchi yangi EEG (miya faoliyati yozuvi) sinov namunasini ishlab chiqdi. Quloq atrofiga joylashtirilgan bu qurilma inson ong faoliyatini laboratoriyadan tashqari sharoitda ham aniq kuzatish imkonini beradi. U uyquchanlikni real vaqtda aniqlash va insonning video kontentga bo‘lgan qiziqishini 92,8 foiz aniqlik bilan tahlil qilish qobiliyatini namoyish etdi.

Teglar

Mavzuga oid