add

Sankt-Peterburgda migrantlarga taksichilik va kuryerlik faoliyati taqiqlanishi mumkin

29.05.2025 | 08:0032193

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri meriyasi shaharda mehnat patenti asosida ishlayotgan chet el fuqarolari uchun taksi va kuryerlik sohalarida ishlashni taqiqlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda gubernator qarori loyihasida bayon etilgan.

Sankt-Peterburgda migrantlarga taksichilik va kuryerlik faoliyati taqiqlanishi mumkin
Hujjatga ko‘ra, mazkur taqiq 2025 yil davomida amal qiladi va shaxsiy yoki ijaraga olingan yengil avtomobil haydovchisi sifatidagi faoliyat, yuk va oziq-ovqat yetkazib berish xizmatlari, shuningdek, piyoda kuryerlik faoliyati kabi bir qator iqtisodiy yo‘nalishlarga taalluqli bo‘ladi. Bundan tashqari, 1 iyuldan boshlab, Sankt-Peterburgdagi yetkazib berish xizmatlari uchun qator yangi majburiy talablar joriy etilishi ko‘zda tutilmoqda. Jumladan, barcha kurferlar harakatini kuzatish imkonini beruvchi geolokatsiya uskunalari bilan ta’minlanishi, transport vositalaridagi harakat tezligi 15 km/h dan oshmasligi belgilanmoqda. Shuningdek, har bir kuryerning libosi, sumkasi va transport vositasida uning identifikatsiya raqami bo‘lishi shart qilinadi. Kuryerlar va ular foydalanadigan vositalarning tashqi ko‘rinishiga qo‘yiladigan talablar esa shahar transport qo‘mitasi tomonidan belgilanadi. Mazkur qaror loyihasi hozirda «antikorrupsion ekspertiza»dan o‘tkazilmoqda. Uning muhokamasi 12 iyunga qadar davom etadi. Agar tasdiqlansa, Sankt-Peterburgdagi mehnat bozorida migrantlar ishtirokining sezilarli darajada cheklanishiga olib kelishi mumkin.   SEO title:     Meta description:  

Teglar

Mavzuga oid